65-modda. Diplomatiya vakolatxonalarining binolaridan va diplomatiya vakillaridan olib qo‘yish yoki ularda tintuv o‘tkazish
Olib qo‘yish yoki tintuv diplomatiya vakolatxonasi hududida o‘tkazilayotganda diplomatiya vakolatxonalari va ularning diplomatiya daxlsizligiga ega bo‘lgan xodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari egallab turgan binolarda faqat diplomatiya vakolatxonasi boshlig‘ining iltimosiga ko‘ra yoki uning roziligi bilan o‘tkazilishi mumkin, diplomatiya vakolatxonasi xodimlarining yoki ularning voyaga yetgan oila a’zolarining istiqomat joylarida yoxud ular egallab turgan boshqa binolarda olib qo‘yish va tintuv ularning iltimoslariga ko‘ra yoki roziliklari bilan o‘tkazilishi mumkin. Ko‘rsatilgan imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinmagan bo‘lsa-da diplomatiya daxlsizligiga ega bo‘lgan ajnabiy vakillarga va ularning oila a’zolariga ham beriladi.
Diplomatiya daxlsizligiga ega bo‘lgan shaxsga va uning oila a’zolariga nisbatan shaxsiy tintuv yoki olib qo‘yish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilgan holda o‘tkazilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida”gi nizom 3.1 bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 4.5 va 6.1 bandlar. Diplomatik vakolatxona, uning faoliyati diplomatik vakolatxonaning mutlaqo ichki ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bo‘lgan taqdirda, ichki qo‘riqlashni tashkil etishi mumkin.
Diplomatik vakolatxonalar va diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining xususiy qarorgohlari binolariga, shuningdek diplomatik vakolatxonalar a’zolarining uy-joylariga faqat tegishli xorijiy davlat diplomatik vakolatxonasi boshlig‘ining roziligi mavjud bo‘lgandagina kirish mumkin. Ushbu binolar va ulardagi anjomlar, shuningdek diplomatik vakolatxonaga tegishli harakatlanish vositalari tintish, musodara qilish, rekvizitsiya, hisobga olish va boshqa majburiy xatti-harakatlardan daxlsizdir.
Mazkur binolar va harakatlanish vositalaridan diplomatik vakolatxona funksiyalaridan boshqa maqsadlarda foydalanilmasligi kerak.
Diplomatik vakolatxona, uning faoliyati diplomatik vakolatxonaning mutlaqo ichki ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bo‘lgan taqdirda, ichki qo‘riqlashni tashkil etishi mumkin.
Diplomatik vakolatxonalar va diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining xususiy qarorgohlari binolariga, shuningdek diplomatik vakolatxonalar a’zolarining uy-joylariga faqat tegishli xorijiy davlat diplomatik vakolatxonasi boshlig‘ining roziligi mavjud bo‘lgandagina kirish mumkin. Ushbu binolar va ulardagi anjomlar, shuningdek diplomatik vakolatxonaga tegishli harakatlanish vositalari tintish, musodara qilish, rekvizitsiya, hisobga olish va boshqa majburiy xatti-harakatlardan daxlsizdir.
Mazkur binolar va harakatlanish vositalaridan diplomatik vakolatxona funksiyalaridan boshqa maqsadlarda foydalanilmasligi kerak.
Diplomatiya vakili yoki uning oila a’zolarining olib qo‘yishga yoki tintuv o‘tkazishga roziligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali so‘raladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida”gi nizomning 2.1 bandi.
Diplomatiya vakolatxonalari va diplomatiya daxlsizligidan foydalanadigan vakillar, shuningdek ularning oila a’zolari joylashgan binolarda tintuv yoki olib qo‘yish o‘tkazish chog‘ida prokuror va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining vakili hozir bo‘lishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida”gi nizomning 2.1 bandi.
|
35.Телефон ва бошқа сўзлашув қурилмалари орқали олиб бориладиган сўзлашувларни эшитиб туриш тартибини жиноят процессуал қонунчилигига асосланган ҳолда баён қилинг.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |