156-modda. Eksperiment bayonnomasi
Eksperiment o‘tkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksperimentning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi. Bundan tashqari, bayonnomada: eksperiment qanday maqsadda, qachon, qayerda va qanday sharoitda o‘tkazilganligi; hodisaning sharoitini va holatini tiklash aynan nimalarda o‘z aksini topganligi; qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha marta o‘tkazilganligi; qanday natijalar olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 90 — 92-moddalari.
|
32.Олиб қўйиш ва тинтув тергов ҳаракатини ўтказишнинг тартибини баён қилинг.
161-modda. Olib qo‘yish va tintuv o‘tkazish tartibi
Tintuv surishtiruvchi yoki tergovchining asoslantirilgan qaroriga binoan, prokurorning sanksiyasi bilan o‘tkaziladi. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda tintuv prokurorning sanksiyasisiz o‘tkazilishi mumkin, lekin bunday holda keyinchalik shu o‘tkazilgan tintuv haqida yigirma to‘rt soat ichida prokurorga xabar qilinadi. Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar surishtiruvchi yoki tergovchining prokurorga yuborgan xabarnomasida asoslantirilishi lozim. Xabarnomaning nusxasi ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga asosan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsa va hujjatlarni qidirib topish maqsadida turar joyga yoki boshqa binoga kirishga haqlidir.
Surishtiruvchi, tergovchi olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazishga kirishishdan oldin olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazilayotgan shaxsni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib imzo qo‘ydirishi shart.
Surishtiruvchi, tergovchi olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazilayotgan binoda yoki o‘zga joyda turgan shaxslarning olib qo‘yish yoki tintuv tamom bo‘lgunga qadar shu bino yoki joydan chiqib ketishini, shuningdek ularning bir-birlari bilan yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishini taqiqlab qo‘yishga haqlidir.
Surishtiruvchi, tergovchi olib qo‘yish chog‘ida qaror yoki ajrim bilan tanishtirganidan so‘ng olinishi lozim bo‘lgan narsa va hujjatlarni ixtiyoriy ravishda berishni taklif qiladi, taklif rad etilgan taqdirda majburiy ravishda oladi. Basharti bu narsa va hujjatlar olib qo‘yishni amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan joydan topilmasa, u holda tintuv o‘tkaziladi.
Surishtiruvchi, tergovchi tintuv o‘tkazishga kirishayotganida qaror yoki ajrim taqdim etganidan so‘ng, olib qo‘yilishi kerak bo‘lgan narsa va hujjatlarni berishni taklif qiladi. Basharti ular ixtiyoriy ravishda berilsa, olib qo‘yish bayonnomasi tuziladi. Agar qidirilayotgan narsa yoki hujjatlar berilmasa yoxud to‘liq holda topshirilmagan bo‘lsa, tintuv o‘tkaziladi. Tintuv chog‘ida bu xususdagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan narsa yoki hujjatlar qidiriladi va olinadi. Ish uchun ahamiyatga molik boshqa narsa yoki hujjatlar, shuningdek saqlanishi taqiqlangan ashyolar topilgan taqdirda, ular ham olib qo‘yilishi lozim. Surishtiruvchini, tergovchini bu narsa yoki hujjatlarni olib qo‘yishga undagan asoslar tintuv o‘tkazilganligi haqidagi bayonnomada aks ettiriladi.
Olinayotgan narsa va hujjatlarning hammasi xolislarga, olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazishda ishtirok etgan boshqa shaxslarga ko‘rsatiladi, bayonnomada to‘liq aks ettiriladi, zarurat bo‘lgan taqdirda o‘ralib, muhrlanadi. O‘ralgan va muhrlangan narsa va hujjatlarni keyingi tergov davomida ochishga faqat xolislar ishtirokida yo‘l qo‘yiladi.
Olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish vaqtida yopiq binolarni yoki buyumlar saqlanadigan joyni uning egasi o‘z ixtiyori bilan ochib berishdan bosh tortsa, surishtiruvchining, tergovchining o‘zi ularni ochishga haqlidir. Bunda zarurat bo‘lmaganda qulflar, eshiklar va boshqa narsalarning shikastlantirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi hamda uydagi saranjomlik buzilmasligi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni 29-moddasining ikkinchi qismi, “Buxgalterlik hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1297, 14.01.2004-y.).
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |