Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


Жиноят процессида қамоққа олиш тарзидаги эҳтиёт чорасининг ўзига хос хусусиятларини баён қилинг


Download 0.85 Mb.
bet47/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

45.Жиноят процессида қамоққа олиш тарзидаги эҳтиёт чорасининг ўзига хос хусусиятларини баён қилинг.




46.Жиноят процессида “уй қамоғи” тарзидаги эҳтиёт чорасининг ўзига хос хусусиятларини баён қилинг. Уй қамоғи тарзидаги эҳтиёт чорасини қўллашнинг ижобий ва салбий жиҳатларини таҳлил этинг.




47.Гаров эҳтиёт чорасини қўллаш асослари ва тартибини баён қилинг.
249-modda. Garov
Oldingi tahrirga qarang.
Garov gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qarindoshlari, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan surishtiruv, dastlabki tergov organining yoxud sudning depozit hisobvarag‘iga topshiriladigan pul mablag‘idan yoki qimmatbaho buyumlardan iboratdir. Garov tariqasida ko‘chmas mulk ham qabul qilinishi mumkin.
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan sud tomonidan pul tarzidagi garov qo‘llanilgan taqdirda, garov surishtiruv yoki dastlabki tergov organining depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Garovni qabul qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisi bayonnomasiga tegishlicha belgi qo‘yadi. Bayonnomada gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va 48-moddalarida ko‘rsatilgan majburiyatlari tushuntirilganligi va u bu majburiyatlarni buzmaslikka so‘z berganligi, garovga qo‘yuvchiga esa gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda garov summasidan mahrum bo‘lishi ma’lum qilinganligi ko‘rsatilishi kerak. Bayonnoma garovni qabul qilgan mansabdor shaxs, garovga qo‘yuvchi va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Garov summasi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan kam bo‘lishi mumkin emas va uni ushbu ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ayblovning og‘irligini, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va garovga qo‘yuvchining shaxsini, garovga qo‘yuvchining mulkiy ahvolini hamda uning gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan munosabatlarini inobatga olgan holda belgilaydi.
(249-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Garovga qo‘yuvchi garovni topshirish chog‘ida, shu ehtiyot chorasi tanlangan ayblovning mohiyati, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazo va o‘zining javobgarligi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak. U o‘zi qabul qilgan majburiyatlaridan garovning davlat mulkiga o‘tib ketishi uchun sabab bo‘ladigan asoslar yuzaga kelguniga qadar voz kechishi mumkin.
Garovga qo‘yuvchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni bo‘lmaganligini bahona qilishga haqli emas, bundan u bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyatning ta’sirini isbotlab beradigan hollar mustasno.
Agar ehtiyot chorasini o‘zgartirish uni tanlash shart-sharoitlari buzilganligi tufayli ro‘y bermayotgan bo‘lsa, xuddi shuningdek ish bo‘yicha ish yuritish tugatilgan yoxud sud hukmi kuchga kirgan taqdirda garov garovga qo‘yuvchiga qaytariladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda garov sud ajrimi bilan davlat mulkiga o‘tkaziladi va gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qo‘llaniladi.
(249-moddaning matni O‘zbekiston Respu







Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling