Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


Эҳтиёт чоралари қўлланилишининг мақсад ва асосларини баён қилинг


Download 0.85 Mb.
bet44/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

43.Эҳтиёт чоралари қўлланилишининг мақсад ва асосларини баён қилинг.
236-modda. Ehtiyot choralari qo‘llanilishining maqsad va asoslari
Ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish; uning bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish; uning ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik; hukmning ijro etilishini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 16-sonli “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi 3. Jinoyat-protsessual kodeksi 236-moddasining birinchi qismiga muvofiq, ehtiyot choralari gumon qilinuvchi, ayblanuvchining surishtiruv, dastlabki tergov va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish, uning jinoiy faoliyatiga barham berish, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilishga qaratilgan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, hukm ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi.
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi shaxsning ozodlikka bo‘lgan huquqini cheklashi sababli uni qo‘llash uchun asoslar qonunda qat’iy belgilangan.
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi:
qasddan sodir etilgan va Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga;
ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan va Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qo‘llaniladi.
Sudlar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasini hal etishda JPK 236-moddasining 2, 3-qismlarida nazarda tutilgan holatlarni ham inobatga olishlari zarur.
.
Ayblanuvchi, sudlanuvchi sodir etgan, Jinoyat kodeksi 15-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatning xavfliligi tufayli u surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan yashirinishi mumkin degan o‘rinli taxmin ham qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asos bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilishini kutayotgan shaxslarga, shuningdek aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga nisbatan ehtiyot choralari ularning qochib ketishining va boshqa ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash haqidagi sud ajrimining ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘llanilishi mumkin.






44.Қамоққа олиш ва уй қамоғи эҳтиёт чорасининг ўхшаш ва фарқли жиҳатларини баён қилинг. Суд томонидан судланувчига нисбатан озодликдан маҳрум қилиш билан боғлиқ жазо тайинланганда қамоққа олинган ёки уй қамоғида ўтирган судланувчининг жазони ўташ муддатлари қандай ҳисобланади?

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling