51-modda. Himoyachi ishtirok etishi shart bo‘lgan hollar
Quyidagi ishlar bo‘yicha:
1) voyaga yetmaganlarning ishi bo‘yicha;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 550-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
2) soqovlar, karlar, ko‘rlar, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan boshqa shaxslarning ishi bo‘yicha;
(51-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
3) sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning ishi bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
4) jazo chorasi sifatida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarning ishi bo‘yicha;
(51-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 51-moddasi.
5) shaxslarning manfaatlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lib, ulardan aqalli biri himoyachiga ega bo‘lgan ishlar bo‘yicha;
6) davlat ayblovchisi yoki jamoat ayblovchisi ishtirok etayotgan ishlar bo‘yicha;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 25-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisi.
7) jabrlanuvchining vakili sifatida advokat ishtirok etayotgan ishlarda;
Oldingi tahrirga qarang.
8) tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarda;
Oldingi tahrirga qarang.
8.1) sud tomonidan dastlabki eshituv o‘tkazilayotgan ishlarda;
8.2) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar bo‘yicha;
8.3) shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotganda;
8.4) aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha;
(51-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-sonli Qonuniga asosan 81 — 84-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9) apellatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudi tomonidan ko‘riladigan ishlarda himoyachi ishtirok etishi shart.
(51-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-869-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishning murakkabligi va boshqa holatlari tufayli gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z huquqlarini amalga oshirishda qiynalishi mumkin degan xulosaga kelsa, boshqa ishlar bo‘yicha ham himoyachining ishtirok etishini shart deb topishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan hollarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra yoxud ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmasi rahbari surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning himoyachi tayinlash to‘g‘risidagi qarori yoki sudning ajrimiga binoan qaror yohud ajrim O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasiga kelib tushgan paytdan e’tiboran to‘rt soatdan kechiktirmay jinoyat ishi bo‘yicha himoyachining ishtirokini ta’minlashi shart
|
13.Жиноят процесси иштирокчилари бўлган жабрланувчи ва фуқаровий даъвогарнинг ўхшаш ва фарқли жиҳатларини таҳлил қилинг. Қандай ҳолларда шахсни жабрланувчи қандай ҳолларда фуқаровий даъвогар деб топишни аниқ мисоллар асосида келтиринг.
Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi shaxsga ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar bo‘lgan taqdirda, bunday shaxs jabrlanuvchi deb e’tirof etiladi. Jabrlanuvchi deb e’tirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan shaxs bo‘lsa, ishda u bilan birgalikda yoki uning o‘rniga qonuniy vakili ishtirok etadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |