56-modda. Fuqaroviy da’vogar
Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning jamoat uchun xavfli qilmishi shaxsga, korxonaga, muassasaga yoki tashkilotga mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar bo‘lsa, ular fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etiladi. Fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 277-moddasi.
Voyaga yetmaganlarning, shuningdek muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish uchun fuqaroviy da’vo ularning qonuniy vakillari va prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
|
14.Жиноят процесси иштирокчилари бўлган эксперт ва мутахассисларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятларидаги ўхшаш ва фарқли жиҳатларини баён қилинг.
67-modda. Ekspert
Oldingi tahrirga qarang.
Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs ekspert sifatida chaqirilishi mumkin.
(67-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-250-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Ekspert chaqirish, ekspertiza tayinlash va o‘tkazish ushbu Kodeksning 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandi. 17. Ishning muayyan holatlarini aniqlash uchun fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlar zarur bo‘lgan barcha hollarda, ekspertiza o‘tkazish zarurligi yoki bu holatlar sud muhokamasiga mutaxassisni jalb etish orqali aniqlanishi mumkinligi masalasi hal qilinishi lozim.
Mutaxassis dalillarni tekshirish chog‘ida sudga yoki sud protsessi ishtirokchilariga maxsus bilim va ko‘nikmalar zarur bo‘lib qolganda (masalan, texnologik yoki ishlab chiqarish jarayonini, u yoki bu kasbning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunishda va hokazo) sud muhokamasiga taklif etiladi. Mutaxassis fikri sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi shart. Mutaxassis oldiga ekspert vakolatiga kiradigan savollarni qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi. Uning fikrini ekspert xulosasiga tenglashtirib bo‘lmaydi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |