58.Фуқаровий даъвони қўзғатиш ва фуқаровий даъвогар деб эътироф этиш тартибини баён қилинг.
276-modda. Fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atish
Jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida o‘zini mulkiy ziyon ko‘rgan deb hisoblovchi shaxs yoxud uning vakili jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan boshlab to sud tergovi boshlangunga qadar fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atishga haqlidir.
Jinoyat sodir etish yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida mol-mulki yo‘qolgan yoki shikastlangan shaxs vafot etgan taqdirda uning merosxo‘rlari jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atish va uni quvvatlash huquqiga ega bo‘ladi.
Fuqaroviy da’vo yozma shaklda ham, og‘zaki shaklda ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Og‘zaki da’vo arizasi bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atish, uni ko‘rib chiqish va hal qilish uchun davlat boji undirilmaydi.
Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atmagan shaxs, shuningdek da’vosi ko‘rilmasdan qoldirilgan shaxs uni fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qo‘zg‘atishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 38-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshis Шахсга нисбатан жиноят иши ЖПК 84-моддаси биринчи қисмининг 1 — 8-бандлари, бешинчи қисмининг 1,3-бандларига мувофиқ тугатилган ҳолда унга нисбатан фуқаровий даъво кўрмай қолдирилади ва манфаатдор шахсларга уларнинг фуқаровий суд ишларини юритиш тартибида даъво қўзғатиш ҳуқуқи тушунтирилади.i va 9-bandining beshinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 20-bandi. 20. Суриштирув, тергов босқичида ёки судда жиноят ишининг амнистия акти асосида тугатилиши жиноят натижасида етказилган мулкий зиённи қоплаш тўғрисидаги масаланинг жиноят процессида ҳал этилиши имкониятини истисно этади.
Жиноят ишида фуқаровий даъво мавжуд бўлганда суриштирув, тергов органи ёки суд амнистия акти асосида жиноят ишини тугатиш тўғрисидаги қарор, ажримда даъво кўрилмасдан қолдирилганлигини кўрсатади. Айни пайтда, ЖПК 276-моддаси бешинчи қисмига мувофиқ, манфаатдор шахсларга бундай даъвони фуқаролик судида ишларни юритиш тартибида тақдим этиш ҳуқуқи тушунтирилади.
Do'stlaringiz bilan baham: |