Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


Мажбурий келтириш лозим бўлган шахслар ҳамда мажбурий келтириш тўғрисидаги қарор ёки ажримни, шунингдек уни бажариш тартибини баён қилинг


Download 0.85 Mb.
bet51/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

54.Мажбурий келтириш лозим бўлган шахслар ҳамда мажбурий келтириш тўғрисидаги қарор ёки ажримни, шунингдек уни бажариш тартибини баён қилинг.
262-modda. Majburiy keltirish lozim bo‘lgan shaxslar
Majburiy keltirish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining, jabrlanuvchining, guvohning protsessual harakatlarda yoki sud majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun, basharti ular uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortganligi aniqlangan taqdirda, qo‘llaniladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchini oldindan chaqiruvsiz majburiy keltirish ular surishtiruv, dastlabki tergov va suddan yashirinib yurgan yoki aniq yashash joyi bo‘lmagan taqdirda qo‘llanilishi mumkin.
Sudlanuvchining sudga kelmaganligi sababini oldindan aniqlamasdan turib, majburiy keltirishga alohida hollarda, ishni ko‘rish sudlanuvchi bo‘lmaganligi sababli keyinga qoldirilayotgan va bunda uning turgan joyi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmagan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Guvohga yoki jabrlanuvchiga nisbatan majburiy keltirishning qo‘llanilgani ularni ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 240-moddasi.
263-modda. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror majburiy keltirish to‘g‘risida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu qarorda yoki ajrimda: majburiy keltirilishi kerak bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; uning protsessual mavqeyi; yashash yoki ish joyi; majburiy keltirish uchun asoslar; shaxsni qayerga va qachon olib kelish kerakligi; majburiy keltirish kimga topshirilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
264-modda. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qarorni yoki ajrimni bajarish
Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim ijro etish uchun ish yuritilayotgan joydagi ichki ishlar organiga topshiriladi.
Majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxsni topgan ichki ishlar organining xodimi uni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib tilxat oladi va mazkur qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sudga olib keladi. Bunda qarorga (ajrimga) shaxs topilgan vaqt va joy, uni olib kelib topshirilgan vaqt,shuningdek uning majburiy keltirilishi bilan bog‘liq ariza, shikoyat va iltimoslar haqidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim.
Ichki ishlar organi shaxsning qochib ketganligi, ta’tilda, xizmat safarida ekanligi, og‘ir kasalligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra yo‘qligi oqibatida majburiy keltirishga imkon bo‘lmaganligini aniqlasa, bu haqda ma’lumotnoma tuzadi hamda qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorga yoxud sudga xabar beradi.







Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling