52.Ҳарбий хизматчининг хулқ-атвори устидан қўмондонлик кузатуви эҳтиёт чорасининг бошқа эҳтиёт чорларидан фарқли ва ўхшаш жиҳатларини баён қилинг.
254-modda. Harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qo‘mondonlik kuzatuvi
Oldingi tahrirga qarang.
Ayblanayotgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi yoki o‘quv yig‘iniga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur shaxs surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bo‘yicha harbiy qism, qo‘shilma, harbiy muassasa, harbiy o‘quv yurti qo‘mondonligining kuzatuviga berilishi mumkin.
(254-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘mondonlik kuzatuvi qonunchilikda nazarda tutilgan va ayblanuvchining munosib xulq-atvorda bo‘lishini ta’minlaydigan choralarni ko‘rishdan iborat.
(254-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu ehtiyot chorasini qo‘llash, bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori va sudning ajrimi qo‘mondonlik uchun majburiydir, unga harbiy xizmatchi ustidan kuzatuv o‘rnatish zaruratini keltirib chiqargan ayblovning mohiyati tushuntirilishi lozim. Oldini olish maqsadida mazkur ehtiyot chorasi qo‘llanilgan harakatlar ayblanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda, qo‘mondonlik surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni bu haqda darhol xabardor qilishi shart.
|
53.Айбланувчини ва судланувчини лавозимидан четлаштириш асослари ва муддатлари баён қилинг.
55-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish asoslari va muddatlari
Basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z ish joyida qolsa, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga yoki jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga to‘sqinlik qiladi yoxud jinoiy faoliyatini davom ettiradi, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, ular lavozimidan chetlashtirilishi mumkin.
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish mazkur protsessual majburlov chorasini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlar bekor bo‘lguniga qadar o‘tgan vaqt mobaynida qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasi qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan bekor qilinadi.
(255-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo‘llash rad qilingan yoki u bekor qilingan taqdirda, aynan o‘sha ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga lavozimdan chetlashtirish uchun asos bo‘ladigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi.
(255-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-335-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 423 va 438-moddalari.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |