Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


Download 0.85 Mb.
bet46/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

2421-modda. Uy qamog‘i
Uy qamog‘i gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud bo‘lganida uning yoshini, sog‘lig‘i holatini, oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qo‘llaniladi.
Uy qamog‘i gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining jamiyatdan to‘liq yoxud qisman ajratib qo‘yilib, o‘zi mulkdor, ijaraga oluvchi sifatida yoki boshqa qonuniy asoslarda yashab turgan turar joyda taqiqlar (cheklovlar) yuklatilgan, shuningdek uning ustidan nazorat amalga oshirilgan holda bo‘lishidan iborat bo‘ladi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining sog‘lig‘i holatini hisobga olgan holda tibbiy muassasa uy qamog‘ida saqlash joyi etib belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risidagi sudning ajrimida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi duchor qilinadigan ozodlik bo‘yicha aniq taqiqlar (cheklovlar), shuningdek o‘rnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish zimmasiga yuklatilayotgan organ ko‘rsatiladi.
(2421-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
O‘ziga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan shaxsga quyidagi taqiqlar (cheklovlar) o‘rnatilishi mumkin:
1) muayyan shaxslar bilan aloqada bo‘lish;
2) xat-xabar olish va jo‘natish;
3) har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida so‘zlashuvlar olib borish;
4) uy-joyni tark etish.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi barcha taqiqlarga (cheklovlarga) yoxud ulardan ayrimlariga duchor etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi himoyachi, qonuniy vakil, belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi zimmasiga yuklatilgan organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bilan so‘zlashish uchun, shuningdek zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni, tez tibbiy yordamni, yong‘in xavfsizligi xizmatini, qutqaruv xizmatini va boshqa shoshilinch xizmatlarni chaqirish uchun telefon aloqasidan foydalanish huquqidan cheklanishi mumkin emas. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z yashash joyidagi uy qamog‘ini ijro etish zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga har bir shunday qo‘ng‘iroq haqida xabar beradi.
(2421-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Qamoqqa olinganning yashash joyi qo‘riqlanishi mumkin. Zarur hollarda uning xulq-atvori ustidan nazorat o‘rnatiladi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining uy-joyidan chiqishi bo‘yicha o‘rnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganda ichki ishlar organi uning yashash joyida bo‘lishini sutkaning istalgan vaqtida tekshirishga haqli.
Tekshirish kunduzgi vaqtda ko‘pi bilan bir marta va tungi vaqtda ko‘pi bilan bir marta o‘tkaziladi.
Zarur hollarda, uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxsga nisbatan elektron kuzatish vositalari qo‘llanilishi mumkin.
Uy qamog‘ini ijro etish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining yashash joyidagi ichki ishlar organi zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar tibbiy ko‘rsatuvlarga ko‘ra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi sog‘liqni saqlash muassasasiga olib kelingan va yotqizilgan bo‘lsa, sud o‘rnatgan taqiqlarning (cheklovlarning) amal qilishi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirish yoxud bekor qilish masalasi prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi sud tomonidan hal etilguniga qadar davom etadi. Tegishli sog‘liqni saqlash muassasasining hududi uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini ijro etish joyi hisoblanadi.
(2421-moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi surishtiruv organiga yoki dastlabki tergov organiga, shuningdek sudga nazorat qiluvchi organning transport vositasida olib boriladi.
Uy qamog‘ida jamiyatdan to‘liq ajratib qo‘yilgan sharoitda bo‘lgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachi, qonuniy vakil bilan uchrashuvlari ushbu ehtiyot chorasi ijro etilayotgan joyda o‘tkaziladi.
Uy qamog‘ining muddati, uni uzaytirish va uning ustidan shikoyat qilish tartibi ushbu Kodeksning 241, 243, 245 — 248-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bilan belgilanadi.
O‘rnatilgan taqiqlar (cheklovlar) uy qamog‘ida bo‘lgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan buzilgan taqdirda unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin.
(2421-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 242-moddasi ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 16-sonli “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 9 — 26-bandlari.







Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling