Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi


Download 0.85 Mb.
bet49/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

252-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi
Jamoat birlashmasi yoki jamoa ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxsni kafillikka olish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoat birlashmasi yoki jamoa o‘z qarorini ayblanuvchining, sudlanuvchining munosib xulq-atvorda bo‘lishiga kafil ekanligi to‘g‘risidagi yozma majburiyat tarzida bayon qiladi. Bu majburiyat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga taqdim qilinadi, ular jamoat birlashmasi yoki jamoaning qaroriga rozi bo‘lsalar, shunday ehtiyot chorasini tanlab, bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradilar. Ayni vaqtda jamoat birlashmasi yoki jamoa vakiliga ushbu ehtiyot chorasi qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga esa, basharti xulq-atvori nomunosib bo‘lsa, ehtiyot chorasi jiddiyrog‘i bilan almashtirilishi mumkinligi tushuntirilgani to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
(252-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ayblanuvchi, sudlanuvchi boshqa ishga o‘tgan yoxud istiqomat joyini o‘zgartirgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa bu haqda ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga darhol xabar berishi shart. Bunday hollarda jamoa kafilligi bekor qilinadi va boshqa ehtiyot chorasi bilan almashtirilishi mumkin.
(252-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvori nomunosib bo‘lgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa kafillikdan voz kechishga haqlidir.






51.Вояга етмаганларни кузатув остига олиш учун топшириш эҳтиёт чораларининг бошқа эҳтиёт чорларидан фарқли ва ўхшаш жиҳатларини баён қилинг.
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxsni ota-onasi, vasiylar, homiylar yoki bolalar muassasasi rahbarlarining qaroviga topshirish mazkur shaxslardan birontasi voyaga yetmaganning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga va sudga o‘z vaqtida kelishini, shuningdek ayblanuvchining ushbu Kodeks 46-moddasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishini ta’minlash mas’uliyatini yozma ravishda o‘z zimmasiga olishidan iboratdir.
(556-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Voyaga yetmaganni ota-onasining, vasiylarning, homiylarning yoki boshqa shaxslarning qaroviga topshirish ularning, shuningdek voyaga yetmagan shaxsning o‘zining roziligi bilangina amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud voyaga yetmagan shaxsni qarovga topshirishdan oldin ota-onalar, vasiylar yoki homiylarning shaxsi, ularning voyaga yetmagan shaxs bilan o‘zaro munosabati haqida ma’lumot to‘plashi va ular o‘smirni qarov ostiga olishni lozim darajada amalga oshirishga qodir ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.
(556-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ota-onalar, vasiylar, homiylar o‘zlarining kasalliklari, ish bilan band ekanliklari, voyaga yetmagan shaxs bilan o‘zaro munosabatlari yomonlashganligi va shuning oqibatida uning munosib xulq-atvorda bo‘lishini ta’minlay olmasliklari sababli voyaga yetmagan shaxs o‘z qarovlarida bo‘lishidan istagan vaqtda voz kechishga haqlidir.
Ota-onalardan, vasiylardan, homiylardan bolalar muassasasi rahbarlaridan voyaga yetmagan shaxsni qarovga qabul qilish haqida tilxat olinayotganda ular ushbu ehtiyot chorasi qo‘llanishiga asos bo‘lgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazo va voyaga yetmagan shaxs sodir etishi ehtimol tutilgan qilmishlarning oldini olish maqsadida qarovga berilganidan keyin u xuddi ana shu xatti-harakatlarni sodir etsa, qarovga oluvchilarning javobgarligi haqida xabardor qilinishi lozim. Bu ma’lumotlar qarovga berish bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Ayblanuvchi o‘z vazifasini bajarmagan taqdirda uni o‘z qaramog‘iga olgan shaxs qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 207-moddasi.







Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling