Esse Mavzu “ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi”
Download 225.62 Kb. Pdf ko'rish
|
Normurodova Barchinoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamoviylik tamoili
- Al-Inson al-Komil
Xulq-atvor — axloqshunoslik tushunchalaridan biri. Insonning feʼl atvori bilan
bogʻliq axloqiy hodisa boʻlib, kishi feʼlining axloqiylik doirasida namoyon boʻlishi tushuniladi. Insonning axloqiylik doirasidagi xatti-harakatlari xulqdan tashqari odob va axloqni oʻz ichiga oladi. 7. Jamoviylik tamoili-. Bolaning ijtimoiylashuvi mikroomillarning taʼsirida, tengdoshlari va kattalar (oila, qoʼshnilar, mikrojamiyat, tarbiya tashkilotlari) bilan oʼzaro munosabatlarida roʼy beradi. Ijtimoiy tarbiya bir tomondan jamoalarda amalga oshiriladi, boshqa tomondan esa bolalar va oʼsmirlar jamoa hayotiga obʼektiv zaruriyat sifatida kirib boradi 8. Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham P. deb yuritiladi. P. fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy P. bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublika-sida P. ga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi. 9. Al-Inson al-Komil (arabcha: ناسنلإا لماكلا — soʻfiylikda Allohning yerdagi noibi va uning sifatlari va ismlarining namoyon boʻlgan ideal shaxs. Bu atama Halloj tomonidan kiritilgan boʻlib, gʻoyasi esa Ibn Arabiy tomonidan ishlab chiqilgan. Keng maʼnoda — diniy amaliyot orqali oliy maʼnaviy yetuklikka erishgan mo'min. 10. Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin. Download 225.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling