Esse Mavzu “ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi”
Download 225.62 Kb. Pdf ko'rish
|
Normurodova Barchinoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- “usul” va “vositalar”
Esse 1.Mavzu “ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi”. Reja: 1. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy metodlari 2. Ijtimoiy moslashuvning hayotdagi o’rni O`z kasbining xususiyatlarini o`rganib chikkan ijtimoiy pedagog oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularni deviant xulk-atvorini oldini olishda ularga ularga yordam berish jarayonida amaliy tadbik etish muammosi ko`riladi. Bu muammoni xal qilish uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniklab olish lozim. Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotdagi metodlar- bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba to`planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o`zaro boglik faoliyati bo`lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari xaqida gapirishga xali erta. Ular xozir shakllanish boskichidalar. Shuning uchun ijtimoiy pedagog o`z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda ko`llanayotgan metodlardan foydalanadi. Metoddan tashkari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari ko`llaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tuShunilib, metodga nisbatan xususiy, bo`ysunuvchan xarakterga ega. Aslida xar bir metod amaliyot tomonidan to`plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orkali amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni ko`llashi anik ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulk- atvoriga, zaxiradagi usullarga boglik.Vosita usul va metoddan ko`ra kengrok tushuncha xisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina muayyan xolatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar-ijtimoiy pedagog tomonidan oldiga ko`yilgan maqsadga erishishi uchun ko`llanadigan moddiy, emotsional, akliy va boshka shartlar majmuasidir. Vositalar o`z moxiyatiga ko`ra faoliyat usullari xisoblanishmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o`yin, suxbat, disput, konferentsiya, trening va boshkalar)ga yetishishi uchun ko`llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi. Download 225.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling