Esse nomi: Haqiqatgo‘ylik


Amirning yollanma qotillari qurboniga aylangan mashhur alloma


Download 21.53 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi21.53 Kb.
#1491760
1   2   3
Bog'liq
Esse nomi

Amirning yollanma qotillari qurboniga aylangan mashhur alloma
Xonni, xususan, uning qilayotgan ishlarini tanqid qilishga hech kim botina olmasdi. Biroq haqiqatgo‘y Hoziq Xiva xoni Olloqulixon qurdira boshlagan hammom tuzilishining noto‘g‘ri ekanligini uning yuziga aytdi. Bu esa shoir bilan hukmdor o‘rtasidagi munosabatning buzilishiga sabab bo‘ldi. Oqibatda haqiqatgo‘y Hoziq Xivani tark etdi. Shayxulislom Hirotiyning o‘g‘li bo‘lgan Mirzo Junaydullo Maxdum – Hoziq XVIII asrning 80-yillarida Hirotning Karx mahallasida tavallud topgan. Ilmga bo‘lgan ishtiyoq bois, u Buxoroga kelib madrasada tahsil oladi, din, tib, adabiyot ilmlarini puxta o‘rganadi. Shu tariqa o‘z she’rlari, tabobatda erishgan natijalari, notiqlik san’ati bilan Buxoroi sharifda shuhrat qozonadi. Dastlab o‘zi tahsil olgan Oli madrasasida imomlik qiladi, keyin esa Amir Haydar (1800 – 1827) saroyida faoliyat yuritadi. Ammo haqiqatparvar shoir saroy o‘yinlari, fisqu fasod va maishiy tiyiqsizlikning Amir Haydar devonida avj olganini ko‘rib, Buxoroni tark etadi. Buxoroga nisbatan madaniyatga, san’atga e’tibor kuchli bo‘lgan Qo‘qon hukmdori – Amir Umarxon huzuriga boradi. Uning ijodi, yashashiga, qolaversa, taklifu mulohazalariga ijobiy qaragan Umarxon Hoziqni doimo maslahatgo‘yi sifatida hurmat qilgan. Biroq 1822-yilda Amir Umarxon vafot etgach, u yana Qo‘qon saroyini tark etib, tabiblik bilan mashg‘ul bo‘ladi. Tabobatga oid «Sharhi Qonuncha» asarini, «Yusuf va Zulayho» dostonini yozib tugatadi. 1826-yilda Buxoro va Qo‘qonda sargardon yurgani, bilim va tafakkurini eshitgan Xiva xoni Olloqulixon Hoziqni Xorazmga taklif etadi. Hoziq bu yerdayam saroydagi ishlardan ko‘ra ijod bilan mashg‘ul bo‘lishni afzal, deb biladi. Munis Xorazmiydek mirob va shoir bilan do‘stlashadi. Xonni, uning a’yonlari va xalqni tabib sifatida davolab, shuhrat qozonadi. «Haqiqatni aniqlash va tekshirib ko‘rish» nomli tibbiyotga doir asarini yozadi. Biroq... 1841-yilda Hoziq Olloqulixon qurdirayotgan hammom tuzilishini tanqid qiladi. Bu esa xon va shoir o‘rtasidagi munosabatlarga soya soladi. Oqibatda u Xiva xoni saroyini ham tark etib, Buxoroga ketadi. U yerdagi madrasaga qatnab, keyin esa elma-el yurib, tabiblik faoliyatini davom ettiradi, ba’zida esa Amir Nasrulloning taklifiga ko‘ra, noilojlikdan saroyga ham borib turishga majbur bo‘ladi. Mirzo Junaydullo Maxdum – Hoziq hamisha haq gapni gapirgan. Bu hol uning o‘zbek va tojik tillarida yozgan she’rlarida ham aks etgan. Xususan, u chayon haqidagi bir she’rida xalq orasidagi hikmatdan ustalik bilan foydalanadi:
Qasdi zolim az tavozu’
nest juz tamxidi zulm,
Meshavad ham neshi aqrab,
Zahr chun barmekashad.
Ya’ni, zolimning tavoze etishdan maqsad ham zulm qilmoqdur, chunki chayon ham zahar sochishdan oldin nayzasini pastga egadi, deya fikr yuritadi. Hoziqning haqiqatparvarligi shundan ham ma’lumki, u Amir Nasrulloxondek, xalq o‘rtasida «qassob» laqabini olgan zolim hukmdorga haq gapni ayta oldi. Chunonchi, 1842-yil may oyida, Qo‘qonga yurish qilib, Madaminxonni, onasi shoira Nodirabegimni o‘ldirtirib yuborib, xonlikni talon-taroj etganida uning qilmishlariga bag‘ishlab bir fard bitadi:
Buridi bar qadi hud az malomat,
Libose to ba domoni qiyomat.
Hoziqning ushbu bitigi xalq o‘rtasida shunchalik mashhur bo‘ldiki, hatto, savodsiz kishilar ham yoddan aytib yurishdi. Negaki fard mazmuni aynan xalq fikrini mujassam etgan edi: «O‘z qaddingga la’natlardan shunday bir libos tikib kiydingki, u libos egningda to qiyomatgacha qoladi». Mirzaolim Mushrif «Ansob us-salotin ut-tavorix» asarida yozishicha, «bu fardni eshitib, amirning ziyoda jahli kelib, rangida qatra qon qolmadi. To o‘rdasig‘a dohil bo‘lg‘uncha so‘zlamadi». Amirning jaholatparastligini bilgan Hoziq do‘stlarining taklifiga ko‘ra, Shahrisabzga ketishga majbur bo‘ladi. Bu paytda Shahrisabz, garchi amirlikka qarashli hudud bo‘lsa-da, o‘lka beklari amir Nasrulloning muxolifi sifatida siyosat maydoniga chiqqandilar. Hoziq Shahrisabz hokimi Xo‘jaqul parvonachi panohida yashay boshlaydi. Dastlab Amir Nasrullo hiyla ishlatib, Hoziqning Buxoroda qolgan o‘g‘li Mirza Muhtashamdan va yaqin birodarlaridan xat berib, shoirni saroyga «lutfan» chaqirtiradi. Nasrulloxonning fe’lini yaxshi bilgan Hoziq bunga rozi bo‘lmaydi va yana bir fard yozib javob beradi:

Download 21.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling