Esse nomi: Haqiqatgo‘ylik


Download 21.53 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi21.53 Kb.
#1491760
1   2   3
Bog'liq
Esse nomi

Chun huzuram sababi ranchishi tabg‘iat gardid,
Megurezam, ki malulat makunam bori digar.
Ya’ni, menim hozir bo‘lishim tabiatingning xiralishiga sabab bo‘ladi. Senga yana malomat yetkazmaslik uchun qochaman.
Hoziqning javobini o‘qib, amirning battar jazavasi tutadi:
– Men uch bora chaqirtirsam-da kelmasa, Shahrisabza qo‘shin tortib, Hoziqniyam, uning tarafdorlariniyam daf etgum, – deya ayo‘nlariga o‘shqiradi Nasrulloxon.
Shunda Rahmonberdi ismli vaziri amirga maslahat beradi:
– Bir shoirga o‘chakishib, kek deya cherik tortsak, el oldida uyatu isnodga qolamiz.
Shundan keyin vazirning maslahatiga ko‘ra, bir necha bora qamalib chiqib, hozirda ham zindonda yotgan Dushaboy ismli o‘g‘riboshidan yollanma qotil sifatida foydalanishga qaror qilishadi. Hakimxon to‘ra «Muntahab-ut-tavorix» asarida «Dushaboy va unga qo‘shilgan uchta kallakesar to‘rt bebok kofir kishi – o‘g‘rilar vaqtni g‘animat bilib, sahar vaqtinda shanba ertasi Shahrisabzga kelib, uyning eshigini sindirib, mavlono Hoziq yotgan joyga bostirib kirdilar», deya voqea tafsilotini yozadilar. Shu tariqa to‘rt o‘g‘ri Hoziqning boshini tanasidan judo qilishadi. Mash’um voqeadan ogoh bo‘lgan Xo‘jaquli parvonachi, Hoji Hakimxon to‘ralar ahli olomon bilan marhumni Kitob bekligining Oxund mozoriga dafn etishadi.Garchi Junaydullo maxdum – Hoziq 1843-yil yanvarida suiqasd qurboni bo‘lgan esa-da, «Voqeai islomi», «Tahqiq-ul-kafonad», «Yusuf va Zulayho» kabi taboat va adabiyotga doir asarlari bilan tarixda boqiy qoldi. Mening xulosam shuki, quyosh nurlarini berkitib bo‘lmaganidek, haqiqat chirog‘ini so‘ndirib bo‘lmas. Haqiqatparvarlarga qarata quyidagi tavsiyalarni bera olaman: Boshingizga biron ish tushganda «haqiqatni aytganim uchun tazyiq qilyaptilar», demang. «Qarashlarim, fikrim, e’tiqodim, tadqiqotim uchun, kasbiy, vatandoshlik burchimni ado etganim yoki faktlarni yoritganim uchun» deng. Chunki yakuniy xaqiqatning egasi siz emassiz. Haqiqatning egasi inson bo‘lsa, u haqiqat emas. O‘zgalarning ham fikri, e’tiqodi va ular fakt deb hisoblagan asoslari bor. Ularni eshitishni va tushunishni o‘rganing. Tushunish qabul qilish degani emas. Lekin tushunmay hech narsani qabul qilmang. Bahsda birovning argumentini tushunib, uning asos-dalillarida zaiflikni ko‘rsata bilgan g‘olib buladi. Eng baqirog‘i emas. Ehtiroslarning buzg‘unchi kuchi bor. Uning yaratuvchanlik xususiyati ham bor. Ehtiros qamrab olganda, uni nimaga yo‘naltirish sizning qo‘lingizda. Oxir oqibatni o‘ylash to‘g‘ri qarorni belgilaydi. Haqiqatgo‘ylik birovlarning haqini, nomusini toptash uchun ruxsat emas. Har qanday mafkura faktlar oldida bo‘yin egishi lozim. Mafkurangizga mos faktlarni tanlab, to‘g‘ri kelmaganini tashlab yuborish g‘irromlikdir. Faktlar noyob, qimmatbahodir. Tekshirilgan narsani fakt deb atash mumkin. Yaxshi tekshirilmagan ma’lumot asosida fikr yuritadigan bo‘lsangiz, buni o‘zingiz va boshqalar oldida tan oling: taxmin, fikr, mulohaza, gipoteza shakllari samimiy muloqotga yo‘l ochadi. Haqiqat haqida savol berish, uni gumon ostiga olib tadqiq etishdan hech kim to‘silmagan. Hatto farishtalar Allohdan nima uchun Odamni yerga xalifa qilinishi haqida so‘radilar. Haqiqatparvarni halok qiluvchi narsa kibrdir. Iblis kibrga mubtalo bo‘lgan “haqiqatgo‘y” edi.
Download 21.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling