Esse o'zbekistonda davlatning investitsiya siyosati va uning yo'nalishlari qanday ? Mavzuning dolzarbligi
Download 0.66 Mb.
|
Nurimova Shodmongul - Iqtisodiyot nazaryasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni o’rganganlik darajasi
Xalqaro Nordik universiteti “Iqtisodiyot” yo’nalishi 1-guruh talabasi Nurimova Shodmongul “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan ESSE O'zbekistonda davlatning investitsiya siyosati va uning yo'nalishlari qanday ? Mavzuning dolzarbligi “O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi” O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan xalqaro tajriba, respublika iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududlari investitsiya jarayonlari rivojlanishidagi tendensiyalar va muammolar tahlili asosida tayyorlangan. Bu haqida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rasmiy veb sayti ma’lum qilmoqda. 2025-yilgacha investitsiya siyosatining maqsadi iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va muvozanatini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish, hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish hisoblanadi. Mavzuni o’rganganlik darajasi: Tadqiqot mavzusi bo'yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Investitsiyalarni jalb qilish va boshqarish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlar olib borgan xorijlik iqtisodchi-olimlarni keltirish mumkin. Ular: Bocharov V.V., Berens V., Xavranek P.M., Katasonov V.Y., Morozov D.S, Petrov M.V., Prosvetov G.I., Ushakov I.I., Kuznetsov B.T., Muxar I.F.lar ilmiy-tadqiqotlarini olib borganlar va asarlarini yaratganlar. Investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishning nazariy asoslari, uni tashkil etish, moliyalashtirishning milliy xususiyatlari hamda amaliyotiga oid masalalar mamlakatimiz iqtisodchi-olimlari F.Matmurodov, N. Maxmudov, Sh.Majidov, D.G'ozibekov, N.Haydarov, A.Uzoqov, R.Saidov, M.Sultanov, A.Juraev, D.Xo'jamqulov, B.Mamatov, Sh.Ergasheva, N.Karimov, N.Kenjaev, E.Nosirov'larning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan va yoritilgan. ASOSIY QISM Strategiyaning asosiy vazifalari uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha: investitsiya muhitini yaxshilash, ichki investitsiya manbalarini kengaytirish va investitsiya manbalarining samaradorligini oshirish, samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish aniqlangan. 2025-yilgacha investitsiyalarning asosiy manbalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik, davlat investitsiyalari va korporativ qimmatli qog‘ozlar sarmoyalari bo‘ladi. 2019-2025-yillarda amalga oshirilayotgan hamda istiqbolli yangi investitsiya loyihalari doirasida 1002,5 milliard so‘mdan ortiq markazlashtirilmagan investitsiyalarni o‘zlashtirishi ko‘zda tutimoqda. Shuningdek, yaqin 30 foizi korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2018-yildagi 30,5 foizdan 2025-yilda 37,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Shuningdek, 2025-yilda jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar miqdori 11 milliard AQSh dollarga yetkaziladi, bu ko‘rsatkich 2018-yilda 1,6 milliard AQSh dollarni tashkil qilgan.1 Investitsion siyosat strategiyasining amalga oshirilishining natijasi respublikaning hududiy va sanoat rivojlanishini har tomonlama ta’minlash, shuningdek, mahsulotlarning xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan qiymat zanjirlarini shakllantirish, mavjudlarini mustahkamlash va yangi hududlararo va tarmoqlararo aloqalarni shakllantirish, sohalar, hududlar, davlat organlari va xususiy biznes o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘ladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya faoliyati muhi ahamiyat kasb etadi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, ya’ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy o’sishi ko’p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog’liq. Har qanday jamiyatning baraqaror iqtisodiy jivojlanishini investitsiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayniqsa, bugungi kunda bu narsa yaqqol namoyon bo’lmoqdaki, har qanday mamlakatning bundan keying yuksalishi investitsiyalarni jalb etish holatiga bog’liq. «Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib «qo`yish», «mablag`ni safarbar etish», «capital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng ma`noda investitsiya mablag`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki birorbir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Investitsiyalarning iqtisodiyotdagi o’rni beqiyosligi uning aniq mohiyatini o’rganib chiqishni talab qiladi. Iqtisodiy log’atda “Investitsiyalar – kapitalni uzoq muddatli qoyilmalar tariqasida sanoatga, qishloq xo’jaligiga va boshqa tarmoqlarga sarf qilinadigan xarajatlar yig’indisini aks ettiradi”,-deb tariflangan. Ishlab chiqarish nazariyasi va, umuman, maqroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo’shib hisoblaganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olish tushiniladi, ya’ni bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi kelajakda daromad olishdir. Demak, bizningcha, “Investitsiyalar – bo’sh turgan kapitalni iqtisodiy-ijtimoiy samara olish maqsadida harakatga keltirishdir” Bizga ma’lumki, iqtisodiy o’sish investitsiya resurslarisiz bo’lishi mumkin emas, bu resurslar o’z mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan mablag’dir. Pul mablag’lari shaklidagi investitsiyalar nominal investitsiyalardir. Bu investitsiyalar moddiylashib, amalda ishlab chiqarishga jalb etilgandan so’ng real investitsiyalarga aylanadi va iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati tog’risida”gi qonunida investitsiyalar tayinlangan ob’yekti bo’yicha tabaqalashtirilgan. Shunga muvofiq investitsiyalar quyidagi turlarga ajratilgan. (1-rasm) 1-rasm. Investitsiyalarning tasniflanishi Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi: • Birlamchi (avaylangan) jamg’arilgan kapitalni ko’paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish; • Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling