Estetik kategoriyalarning jamiyat hayotidagi o'rni bajardi: Sa'dullayev J


Download 1.2 Mb.
bet3/7
Sana28.12.2022
Hajmi1.2 Mb.
#1021621
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Taqdimot 2

Pedagogika fani bilan aloqadorligi. Ularning aloqadorligi tarbiya muammolarini hal qilish borasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. CHunki pedagogika ham ma’lum ma’noda nafosat tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida–alohida, muxtor qismlarga bo‘lingan holda, turli yosh va sohalar uchun maxsus belgilangan tarbiya tarzida, ya’ni muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi.

  • Pedagogika fani bilan aloqadorligi. Ularning aloqadorligi tarbiya muammolarini hal qilish borasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. CHunki pedagogika ham ma’lum ma’noda nafosat tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida–alohida, muxtor qismlarga bo‘lingan holda, turli yosh va sohalar uchun maxsus belgilangan tarbiya tarzida, ya’ni muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi.

Estetikaning amaliy ahamiyati.

  • Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o‘ziga xos amaliy ahamiyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kundalik hayotimizda nafosat tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a’zosi go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo‘lishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olishlari lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, estetika jamiyatning barcha a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega.Estetikaning, ayniqsa, badiiy asar ijodkorlari uchun amaliy ahamiyati katta. CHunonchi, biror bir san’at turida ijod qilayotgan san’atkor birinchi galda, ma’lum ma’noda, o‘z sohasining bilimdoni bo‘lishi kerak. 
  • Estetikaning san’atni xalq orasida yoyadigan va targ‘ib etadigan tashkilotlar rahbarlari uchun ahamiyati muhim. Ayniqsa, ma’naviyat va mafkura sohalariga matasaddi rahbarlarning estetikadan bexabar bo‘lishlari mumkin emas. Aksincha ma’naviyat targ‘ibotchilarining estetikaga e’tiborchizligi san’at uchun fojiali holatlarni yuzaga keltiradi. SHuningdek, dizaynchi–injenerlar, atrof–muhitni obodonlashtirish bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar faoliyatiga nafosat ilmining sezilarli ta’siri mavjud.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling