Estetik ehtiyoj. - Estetik anglash va shu asosdagi faoliyat jarayonining ibtidosi estetik ehtiyojga borib taqaladi. Estetik ehtiyoj inson hayotida ro‘y beradigan barcha estetik hodisalarning asosi sifatida ham tabiiy–biologik, ham ijtimoiy–ma’naviy mohiyatga ega; «go‘zal nafs», nafosatga tashnalik, insonda estetik hissiyotni qo‘zg‘atish xususiyatini saqlab qolgan holda, keyinchalik uning butun umri mobaynida takomillashib boradi estetik muhokama, estetik baho, estetik did va estetik idealning shakllanishiga xizmat qiladi. Har bir shaxsdagi madaniyatlilik darajasi, ma’naviy salohiyati uning estetik ehtiyoji doirasi bilan o‘lchanadi.
Estetik hissiyot. - Ko‘pincha adabiyotlarda estetik hissiyot «estetik tuyg‘u» so‘zida, birlik shaklida beriladi. Goh estetik kechinmaning, goh estetik hayajonning sinonimi tarzida talqin qilinadi. Bizningcha, bu unchalik to‘g‘ri emas. CHunki hayajon ham, kechinma ham bitta tuyg‘udan emas, tuyg‘ular silsilasidan iborat bo‘ladi, shu sababdan uni ko‘plikda–hislar yoki hissiyot shaklida qo‘llash maqsadga muvofiq. Endi estetik hissiyotni tashkil etadigan hislarning ba’zilarini qisqacha ko‘rib o‘taylik.
o‘zallik - estetikaning markaziy kategoriyasi sifatida. - Go‘zallik»ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror–bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go‘zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo‘lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g‘oyalar, yaratilgan ta’limotlar o‘zining salmog‘i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy–jismoniy, axloqiy–estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro‘y berayotgan ijtimoiy–ma’naviy, siyosiy–iqtisodiy jarayonlar go‘zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obektlaridir. SHuni alohida ta’kidlash zarurki, go‘zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga «Go‘zallik nima?» degan savol qo‘yiladi–yu, ammo ularning aksariyatida «Nima go‘zal?» degan javobni ko‘ramiz. SHuning uchun ham odatda, go‘zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go‘zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog‘liq bo‘lmagan xolda yuzaga keladigan go‘zallik. Birinchisida aql, ruh va xissiyot ustuvor bo‘lsa, ikkinchisida makon va zamon salmoqli o‘rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |