Estetik tarbiya Reja


Download 102 Kb.
bet5/9
Sana21.01.2023
Hajmi102 Kb.
#1107235
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Estetik tarbiya 1

Maktabgacha yoshdagi bolalarning qo‘g‘irchoq teatri vositasida estetik sifatlarini shakllantirish jarayonida quyidagi bosqichlarning amalga oshirilishi maksadga muvofiqdir:

  • o‘tkazilishi rejalashtirilgan teatr oldi suhbati (bolalarda teatr qaxramonlarining o‘ziga xos tabiati, xatti-harakatlari haqidagi tasavvurlarini savol-javob asosida aniqlash);

  • teatrning ta'sirchan, xis-tuyg‘u va mazmunga boy tarzda o‘tkazilishi;

  • teatr namoyishidan so‘nggi suhbat (bolalarning voqyealar, ularning mazmun-mohiyatini haqidagi fikrlari).

Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy didini o‘stirishda kitoblar muhim rol o‘ynaydi. Kitoblar faqat bolalarning yoshiga mos, mavzu, mazmun bilangina emas, shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan ham ajralib turishi juda muhimdir. Ayniqsa, ikki-uchli yoshli bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda so‘zlardan ko‘ra rasmlarning ta'siri katta bo‘ladi. Bola kitobchadagi rasmlarni qayta-qayta o‘z o‘rtoqlariga, kattalarga, qo‘g‘irchog‘iga “o‘qib” berish bilan uning mazmunini o‘z xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yorqin rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Bolalar tomonidan eng ko‘p o‘qiladigan kitoblar ertaklardir. Ertaklar qisqa syujetli, tilining hayotiy va jonliligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ertak qaxramonlarining bolalarga yaqin va tanish ekanligi ham ular bilan birga hayratlanish, voqyealarni qiziqish bilan eshitish imkonini beradi.
Estetik tarbiya MTMda rasm chizish, qirqib yelimlash, loy ishi kabi faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Ana shu nuqtai nazardan bolalarni estetik tarbiyalashda tasviriy san'at muhim rol o‘ynaydi. Bolalarning badiiy-estetik tasavvurlari tevarak- atrofdagi jonli va jonsiz narsa-hodisalarni turli usullar (rasm chizish, qirqib-yelimlash, loydan narsalar yasash, tikish), an'anaviy (akvarel buyog‘i, bo‘r, qalam, mo‘yqalam, flomaster, rangli qalam va iplar, qog‘oz, karton, yelim, igna) va noan'anaviy (paxta, gubka, barmoqlar yordamida, sham, gugurt cho‘plari) vositalar orqali tasvirlashda namoyon buladi. Bularni badiiy-estetik savodxonlikning dastlabki elementlari sifatida qabul qilish mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy ko‘nikma va malakalarni oson o‘zlashtiradi. Ikki-uch yoshli bola qalam va mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlash malakasini oson egaplaydi, undan foydalanishni qiyinchiliksiz o‘rganib oladi. Olti yoshda bola bir qancha ko‘nikma va malakalar zahirasiga ega bo‘ladi va ulardan yangi predmetlarni tasvirlashda kerakli usullarni qo‘llab, mustaqil ravishda o‘z aqlu idrokiga tayangan holda foydalanishi mumkin.
Tarbiyaviy faoliyatda shunday vositalar qo‘llaniladiki, ular shaxsning estetik voqyelikka munosabatini rivojlantirshga xizmat qiladi. Tarbiyaviy faoliyatning bunday vositalari estetik tarbiya vositalari deb ataladi. Estetik tarbiya omillari va vositalari o‘rtasidagi chegara nisbiy hamda shartlidir. Muayyan sharoitlarda estetik tarbiya omillari estetik tarbiya vositalari vazifasini o‘tashi, aksincha, bo‘lishi xam mumkin.

Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling