Estetik tarbiya Reja


Download 102 Kb.
bet4/9
Sana21.01.2023
Hajmi102 Kb.
#1107235
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Estetik tarbiya 1

Quddus Muxammadiyning “Bolalar” she'rida ana shu jihat yorqin aks etgan:
Fyv-g‘uv uchar bolari,
Duv-duv uchar bolari.
Guldan-gulga qo‘nishib,
Sharbat ichar bolari.
Sen qadrdon do‘stimiz,
Asaling yeb, o‘sdik biz.
Yasab berayin quti,
Bog‘chamizda qol, ari!
Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Tevarak-atrofdagi tabiat go‘zalligi xatto eng kichik bolani ham quvontiradi. Uning tuyg‘ular va xayollarda saqlangan go‘zalligi bolalikda ayniqsa, chuqur va yorqin idrok qilinadi, inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi. Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini tabiatning rang-barangligiga, uning o‘zgarishi va uyg‘unligiga qaratadi, tabiat xodisalariga qiziqish uyg‘otadi, unga muxabbat va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi, asrab-avaylashga o‘rgatadi. Bularning xammasi bolalarning estetik didlarini tarbiyalaydi, ular kishilarning mehnat natijalarini yaqqol ko‘rib, atrofdagi go‘zallik inson mehnati tufayli yuzaga kelishiga ishonch xosil qiladilar. Mana shu jihatdan estetik tarbiyaning yana bir omili sifatida mexnat yuzaga chiqadi.
MTM yer maydonchasi va tabiat burchagidagi o‘simlik va xayvonlarni kuzatish hamda parvarish qilish bolalarda estetik idrokni, ularga nisbatan to‘g‘ri munosabatni, go‘zallik yaratish xohishini shakllantiradi hamda qizgin faoliyatga undaydi. Yilning yoz fasllarida polizda, gulzorda, yer maydonchasida mehnat qilish jarayonida ham bolalar estetik zavq oladilar. Kuzda o‘z mehnati mevasini yeyish bolaga alohida estetik xuzur bag‘ishlaydi. Dala va bog‘larga sayrga borganda tabiatning go‘zalligi va boyligidan, u yerdagi dehqonlarning yaratuvchilik mehnatlaridan benixoya zavqlanishadi.
Estetik tarbiya omillari orasida san'at muhim o‘rin egallaydi. San'at - ijtimoiy ong va faoliyatning o‘ziga xos shakli bo‘lib, tevarak-atrof va borliqni badiiy obrazlarda aks ettirilishidir. Estetik tarbiyaning eng muhim omili sifatida sanat nafaqat badiiy qadriyatlarni idrok qilish, balki ularni yaratishni ham o‘z ichiga oladi. Badiiy qadriyatlarni yaratishga jamiyat a'zolarining, ayniqsa, yosh avlodning faol ishtirok etishi ularda estetik did- farosat va talab-extiyojlarning rivojlanishiga, ijodkorlik qobiliyatlarini rag‘batlantirishga olib keladi. MTMda bolalarni estetik jihatdan tarbiyalashda san'atning xilma-xil turlari va janrlaridan, xususan musiqa va tasviriy sanatdan foydalaniladi.
Estetik tarbiyaning vositalaridan yana biri kug‘irchok teatridir. Qo‘g‘irchoq teatri dunyoning ko‘plab xalq va elatlariga qadim zamonlardan buyon ma'lum. U jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Qo‘g‘irchok teatri har kaysi davlatda turli shaklda, turli xajmda, o‘ziga xos tarzda taraqqiy etib, rivojlanib kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda qo‘g‘irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish - bolalarning iqtidori, ob'ektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan ahamiyatlidir. O‘zbekistan Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'biri bilan aytganda: “Yoshlarning ma'naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g‘oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borar ekan, yana bir muhim masala xususida to‘xtalib o‘tish o‘rinli, deb o‘ylayman. U ham bo‘lsa, dunyoga xayrat ko‘zi bilan boqib, undan o‘zicha ma'no topishga intiladigan murg‘ak farzandlarimizning qiziqishi va xissiyotlariga mos qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlar ishlab chiqarish masalasidir”. Zero, qo‘g‘irchoq teatri vositasida bolaning atrof-muhit, hayot haqidagi tasavvurlari, taassurotlari, u yoki bu xodisalarni tushunish, go‘zallikni ko‘ra bilish va xis etishga ma'suliyat xissi oshadi.
Qo‘g‘irchoq teatrining bolalarning estetik tarbiyalashda nixoyatda kuchli ta'sir etishi uning soddaligi, odatdan tashqari jo‘shqinligi va qo‘g‘irchoqligi, shuningdek, badiiy so‘z, musiqa, qo‘shiq, raks, tasviriy san'at kabi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi bola ko‘z o‘ngida yaqqol namoyon bo‘lishidir.

Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling