jismoniy va estetik tarbiya
Reja:
Jismoniy tarbiya haqida tushuncha
Estetik tarbiya
Estetik tarbiya berish vositalari
Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri.
Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy printsiplari bilan tanishib chiqaylik.
a) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi;
b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish;
v) jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtirishga yo`naltirish printsipi
Jismoniy tarbiyada O‘quvchilar faoliyatini boshqarish deganda mashg‘ulot davomida o‘qituvchi rejasiga muvofiq jismoniy mashqlarni bajarishni tashkillash uslubiyatini tushunamiz Ta`lim-tarbiya jarayonida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, o‘quvchilar faoliyatini jismoniy tarbiya darslarida birvara-kayiga (frontal), uzluksiz-ulab, guruhchalarga ajratib, yakkama-yakka va aylanib yurib mashq bajarish uslubiyatlari orqali tashkillaydilar
Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.Bu tarbiya o`quvchilarda nafosat va go`zallikni sevish va uni his qilishga o`rgatadi
Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan.
-kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |