Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va falsafiy mohiyati


Download 1.95 Mb.
bet2/4
Sana17.10.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1706564
1   2   3   4
Bog'liq
geologiya 1

Cho’kmalarning hosil bo'lish sharoiti iqlim, relyef va hududning tektonik rejimi bilan belgilanadi. Bu omillar orasida iqlim katta ahamiyatga egadir. Bu hol litogenezning turlarini iqlimga qarab ajratishga asos bo'Iadi. Litogenez nival, gumid va arid turlariga bo'linadi. Litogenezning nival turi qutb mintaqalarida tarqaladi va fizik nurash natijasida muzlik yotqiziqlarining turli-tuman chaqilgan jinslari hosil bo'Iadi

Gipergenez bosqichi. Bu bosqichda yer yuzasidagi tub tog' jinslari suv, muz, harorat va boshqa fizik, kimyoviy hodisalarga hamda organizmlarning ta’siriga uchraydi va parchalanadi, ya’ni nurash hodisasi ro'y beradi. H aroratning kunlik o'zgarishi va m inerallaming turli issiqlik o'tkazish, yutish qobiliyatiga ega ekanligi natijasida. tog' jinslarida mayda darzlar paydo bo'Iadi. Bu darzlarga suvning kirishi ulami kcngayishga va chuqurlashuvga olib keladi. Natijada turli kattalikdagi jins va mineral bo'laklari hosil bo'Iadi

Sedimentogenez bosqichi. Nurash jarayonidan so'ng u bilan bir vaqtda hosil bo'lgan birlamchi mahsulotlar tashiladi va yotqiziladi — cho'kma hosil bo'Iadi. Mo'tadil iqlimli mintaqalarda tayyorlangan mahsulotlar yomg'ir suvlari. qor-muzlik suvlari va daryo suvlari bilan yuviladi va parchalangan jins bo'Iaklarining kattaligiga, oqimlaming kuchiga qarab o'zi hosil bo'lgan yerlaridan turli masofalarga tashilib, yotqiziladi. Bulardan tashqari, dengiz va ko'l havzalarida daryolar bilan tashib keltirilgan erigan va donali mahsulotlar oqimlar va to'Iqinlanish natijasida tashiladi, saralanadi va turli yerlarga yotqiziladi

Diagenez bosqichi. Cho'kmada sodir bo'ladigan o'zgarishlar diagenez deb ataladi. Yangi yotqizilgan cho'kma suvga to'yingan va zichligi kam bo'Iadi. Cho'km a tarkibida parchalangan jins bo'laklaridan cho'km aga tushgan biokimyoviy va kimyoviy komponentlardan tashqari oz miqdorda kislorod, kremniy, temir, marganets gidrooksidlaming eritmalari, tirik bakteriyalar va organik m oddalar mavjud bo'Iadi. Demak. cho'kma ko'p komponentli. o'zgaruvchan, turli fizik, kimyoviy va organik o'zgarishlarga uchragan tizimni ifoda qiladi. Diagenez bosqichi mobaynida cho'kma zichlanadi va namligi kamayadi. kolloidlar paydo bo'Iadi va eskiradi, il eritmalaridan yangi minerallar hosil bo'Iadi, bir xil minerallar o'zgarib yangilari paydo bo'Iadi. cho'kmadagi moddalar aralashadi va konsentratsiyasi o'zgaradi.


Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling