Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va falsafiy mohiyati


Download 1.95 Mb.
bet3/4
Sana17.10.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1706564
1   2   3   4
Bog'liq
geologiya 1

Cho'kindi jinslar hosil bo'lish sharoitiga ko'ra siniq, bo'lakli, gilli, xemogen va organogen jinslariga bo'linadi. Sinf uchun jinslarning tasnifnomasiga asos qilib, uning strukturasi, sementning mavjudligi va mineralogik tarkibi olingan. Siniq jinslar strukturasiga qarab yirik bo'lakli — psefitlar (>2 mm), qumlar — psammitlar (2—0,05 mm), changli — alevritlar (0.05—0.005 mm) va gilli — pelitlarga (< 0,005 mm) bo'linadi.

Yirik bo'lakli jinslar — psefitlarga turli bo'sh siniq yirik shag'al, mayda shag'al, mayda qirrali tosh va sementlangan (konglomerat, brekchiya) nurash mahsulotlari kiradi. Bu jinslar tarkibidagi bo'laklar aksariyat turli-tuman minerallardan tashkil topadi. Yirik bo'lakli jinslar turli tarkibdagi sementlar bilan (ohakli, temirli, gilli) jipslashgan bo'lishi mumkin. Bu jinslar qatlam-qatlam bo'lib yotadi. Qumli jinslar — psammitlar. Bu guruhdagi jinslarga qumlar va qumtoshlar kiradi. Donalaming kattaligiga qarab qumlar va qumtoshlar yirik donali (1,0-0,5 mm), o'rtacha donali (0,5-0,25 mm) va mayda donali (0,25-0,05 mm) jinslarga bo'linadi (3.1-jadval).

Qumtoshlar gil-karbonatli, kremniy-gil-karbonat tarkibli sementlar bilan jipslashgan bo'Iadi. Jinslami tashkil qiiuvchi donalaming о‘zarо joylashishiga va sementning strukturasiga qarab sementlanishning bir necha turi ajratiladi.

1. Bazalt sementi, ya'ni cho'kindining asosiy qismi sement tarkibida tarqoq holda joylashgan. Mustahkam sementlanish xususiyatiga ega. 2. Kontakt sementi — faqat donalaming bir-biriga tegib turgan yerlari sementlangan. Sementlanishi — mustahkam emas. 3. G'ovak sementi — donalar oralig'idagi g'ovaklar turli darajada sement bilan to'ldirilgan. Mineralogik tarkibi bo'yicha qumlar va qumtoshlarda kvars, dala shpatlari, glaukonit minerallari keng tarqalgan. Qumlar teksturasi bo'yicha qiya, diagonal, to'lqinsimon va gorizontal qatlami bo’ladi.

Choʻkindi konlar - suv havzalari tubida choʻkindi yigʻilishi jarayonida shakllanuvchi foydali qazilma yotqiziqlari. Ular daryo, botqoq, koʻl, dengiz va okeanlarda hosil boʻlib, dengiz va okeanlardagilari platforma va geosinklinal Choʻkindi konlariga ajratiladi. Dengizda hosil boʻlgan Choʻkindi konlar katta oʻlchamli boʻlib, oʻnlab km ga, katlam svitalari esa yuzlab km ga choʻziladi. Choʻkindi konlar mexanik (qum, tuproq va boshqalar), kimyoviy (tuz, temir va marganets rudasi va boshqalar) va biokimyoviy (neft, kumir va boshqalar) larga ajratiladi. Choʻkindi jinslar va ular bilan bogʻliq boʻlgan Choʻkindi konlarning shakllanishi litogenezning 3 bosqichi: sedimentogenez, diagenez va katagenez orqali boʻladi. Baʼzan metamorfizm va tektonik harakatlar oqibatida ular oʻz shaklini oʻzgartirib, murakkabroq qiyofa hosil qiladi. Choʻkindi konlardagi minerallarning tarkibi minerallarning 3 guruhi bilan aniqlanadi: 1. Chaqiq minerallar (kvars, rutil, baʼzan dala shpatlari, piroksenlar, amfibollar, slyudalar va boshqalar), ular nurash jarayoniga chidamli boʻladi; 2. Kimyoviy nurash mahsulotlari (kaolinit, montmorillonit, suvli slyudalar, opal va boshqalar); 3. Yangi chukindi hosilalar (karbonatlar, tuzlar, fosfatlar, ruda minerallari, kremniyli mahsulotlar va boshqalar). Choʻkindi konlar yirik sanoat ahamiyatiga ega boʻlib, ularga hamma yonuvchi qazilmalar (neft, gaz, kumir, yonuvchi slanetslar), temir, marganets, alyuminiy rudalarining ayrim turlari hamda rangli va nodir metallar (U, Si, V va boshqalar) konlari kiradi. Choʻkindi konlar orasida qurilish materiallari (shagʻal, qum, gil, slanets, ohaktosh, boʻr, dolomit, mergel, gips, yashma, trepel), qazilma tuzlar, fosforitlarning koʻpgina konlari maʼlum.


Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling