Estetika nazariyasi Reja: Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati
Estetik anglash, estetik munosabat va estetik faoliyat
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Estetika nazariyasi
Estetik anglash, estetik munosabat va estetik faoliyat
Mamlakatimizda ma’naviyatning rahnamosi bo’lgan Prezidentimiz “Biz,- deb ta’kidlagan edilar, - milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o’z oldimizga asosiy vazifa qilib qo’yar ekanmiz, bugungi kunda ma’naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta’sir o’tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur taxlil qilib, ularning bu borada qanday o’rin tutushini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi”. 2 Chunki ma’naviyatni tushunish va anglash uchun avvalo, insonni, uning estetik faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan mezoniy tushunchalarni ilmiy taxlil qilish zarurdir. Bu masalalar estetik anglash va uning tuzilmalari orqali shaxs faoliyatida namoyon bo’ladi. Estetik anglash iborasini ajratib ko’rsatishimizning sababi shundaki, odatda falsafiy fanlarga doir ilmiy adabiyotlarda «anglash» o’rniga «ong» istilohi qo’llab kelinadi. Estetik ong, ilmiy ong, huquqiy ong v. h. Bizningcha, bu unchalik to’g`ri emas: ruschadagi – «soznanie» so’zining yuzaki (kalka) tarjimasi. Ma’lumki, «soznanie» so’zi ruschada ikki xil ma’noni: ong va anglash 2 Каримов Ислом. Юксак маънавият – енгилмас куч. Тошкент. Ўзбекистон. 2008. 29 б. ma’nolarini bildiradi. Miya muayyan fiziologik yaxlitlik bo’lgani kabi, uning asosiy faoliyati bo’lmagan ong, shu jumladan ongsizlik ham, avvalambor insondagi hissiy-intelektual yaxlitlik, uni maydalab, yuqoridagidek, «ongcha»larga bo’lish mantiqan o’rinsiz, ikkinchidan, u narsa- hodisalardan muhtor tarzda mavjud, faqat zarur sharoitda faoliyatga kirishgandagina narsa- hodisaga munosabatini, voqelikka aralashish xususiyatini namoyon qiladi. Ana shu o’ziga xos tahliliy faoliyatni biz anglash deb ataymiz va shu anglashning darajasiga qarab, kishilar ongining yuksakligi yoki pastligi haqida fikr yuritamiz. Demak, ong insonning o’ziga o’xshash yakka yaxlitlik, uning faoliyati – anglash esa har xil va ko’p qirralidir. Ongning anglashga munosabati xuddi olmos bilan uning qirralari o’rtasidagi munosabatga o’xshaydi; yaxlit olmos bo’lagining har bir qirrasini alohida olmos deb atashimiz qanchalik mantiiqqa to’g`ri kelmasa, anglashni uzil-kesil ong tarzida taqdim etishimiz ham, bizningcha, shunchalik noo’rin. Shunday qilib, inson o’ziga ato etilgan ongning turli qirralari bilan olamning turli tomonlarini, har xil jihatlarini nurlantiradi, o’zida aks ettirib, tahlil etadi, xulosalar chiqaradi. Natijada, bir inson bitta hodisani o’nlab, balki yuzlab rakursda mushohada qilish va anglashi mumkin. Ongning ana shunday faoliyat turlaridan biri estetik anglashdir. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling