Estetika nazariyasi Reja: Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Estetika nazariyasi
Estetik ehtiyoj. Estetik anglash va shu asosdagi faoliyat jarayonining ibtidosi estetik
ehtiyojga borib taqaladi. Estetik ehtiyoj inson hayotida ro’y beradigan barcha estetik hodisalarning asosi sifatida ham tabiiy-biologik, ham ijtimoiy-ma’naviy mohiyatga ega; «go’zal nafs», nafosatga tashnalik, insonda estetik hissiyotni qo’zg`atish xususiyatini saqlab qolgan holda, keyinchalik uning butun umri mobaynida takomillashib boradi va estetik muhokama, estetik baho, estetik did va estetik idealning shakllanishiga xizmat qiladi. Har bir shaxsdagi madaniyatlilik darajasi, ma’naviy salohiyati uning estetik ehtiyoji doirasi bilan o’lchanadi. U «go’zal nafs» sifatida boshqa ehtiyojdan talab etilayotgan ob’ektdan moddiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa manfaatlar kutmasligi, beg`arazligi bilan ajralib turadi. Estetik hissiyot. Ko’pincha adabiyotlarda estetik hissiyot «estetik tuyg`u» so’zida, birlik shaklida beriladi. Goh estetik kechinmaning, goh estetik hayajonning sinonimi tarzida talqin qilinadi. Bizningcha, bu unchalik to’g`ri emas. Chunki hayajon ham, kechinma ham bitta tuyg`udan emas, tuyg`ular silsilasidan iborat bo’ladi, shu sababdan uni ko’plikda – hislar yoki hissiyot shaklida qo’llash maqsadga muvofiq. Endi estetik hissiyotni tashkil etadigan hislarning ba’zilarini qisqacha ko’rib o’taylik. Estetik hissiyotning ibtidosidagi tuyg`u estetik qiziqish. Ma’lumki, qiziqish hissi, sog`inch va qo’msashdan farqli o’laroq, o’tmishda ro’y bergan hodisani emas, balki ko’p hollarda kelajakda, tez muddat ichida ro’y berishi lozim bo’lgan voqelikni nazarda tutadi, unga intiladi; intilish jarayoni esa –«uchrashuv»ga tayyorgarlik degani. Estetik qiziqish sub’ektning ob’ekt haqida, hali u bilan yuzma-yuz kelmasdan turib, muayyan bir umumiy tushunchaga ega bo’lishini, uni idrok etishga o’zini hozirlashini taqozo etadi. Estetik lazzatga kelsak, uning zavqdan yana bir farqi shuki, u san’atning huzurbaxshlilik xususiyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun uni estetik huzur deb ham atash mumkin. Zero u estetik idrok etish jarayonining so’ngida ro’y beradi va ma’lum ma’noda forig`lanish holati bilan uyg`unlashib ketadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling