«estetikaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari)»


Download 94 Kb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi94 Kb.
#1560374
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Estetikaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari)

Abu Ali Ibn Sino fikricha inson besh sezgi orqali hayot lazzatlarini sezadi, biladi, undan lazzatlanadi. U go’zal jamiyatni, kishilarni erkin baxtli do’st bo’lib yashashligini, inson hayotidagi go’zallik g’oyalarini tantana qilishni orzu qilgan mutafakkirdir. Lekin haqiqiy go’zal hayot ko’rishning to’g’ri yo’lini ko’rsatib berolmadi.
Alisher Navoiy dunyoda insondan ko’ra azizroq, bebaho, go’zal mavjudot yo’q. Shu sababli hayotdagi barcha jonzot narsalar go’zalligi, estetik zavq qo’shiq va kuyning kishi kayfiyatiga ta'sir masalalari M: uning «Hamsa» sida o’z aksini topgan. Navoiy go’zallik deganda, inson go’zalligini tushunadi va go’zallik kishining Mehnatsevarligida, Axloqiyligida, Donishmandligidadir deydi, va


Adl ila olam yuzin obod qil,
Xulq ila olam elin shod qil, deya ta'kidlaydi.

Navoiy inson go’zalligini gumanizm - insonparvarlik bilan uzviy bog’liq ravishda talqin etadi.


Dunyo go’zal, hayot esa bundan ham go’zaldir deydi va


Xushdurur bog’i koinot guli,
Barchadir yaxshiroq hayot guli.

Uningcha go’zallik real tushunchadir. Manbai - moddiy dunyo, tabiat, hayotdir. Go’zallik xilma-xil darajada namoyon bo’ladi.




1 .Tabiatdagi go’zallik
2. San'atdagi
3. Insoniy munosabatdagi go’zallik.

San'atdagi go’zallik ham hayotdagi go’zallik kabi ko’p tomonlamadir.


Tabiat-go’zallik haqidagi tasavvurlarimizning birinchi manbai. Bizning tuyg’ularimiz mehnatda va dam olishda tabiat bilan munosabatimizda shakllanadi.
Tabiat go’zallikka boy, faqat uni inson ishtirok etgan eng kichik hodisasidan boshlab, ulkan hodisagacha ko’ra olish, his qilish va tushunish kегаk.
Masalan, qог uchqunining mayda zarrachalaridagi hayron qolarli darajadagi simmetrik qirralaridagi barcha qismlar mutanosibligi va yaxlitligi bizni hayratga soladi.
Qor uchqunlari va shabnam tomchisi quyoshda tovlanib, yarqirraydiki, ularning uyg’unlashuvi kamalak yog’dusi hodisasini oltin, kumush yoki qimmatbaho tosh o’z o’zicha yarqiraydi, ular go’yo ichidan tabiiy nur bo’lib yonadi.
Tabiat qonunlarini idrok etib inson uni go’zalligini kuchliroq his etadi. Tabiatga ichki bir mehr bilan yongan g’amxo’rlik hissi insonga estetik zeb kasb etadi. Insonda kuzatuvchilik, sezgirlik, nazokatlikni tabiat tarbiyalaydi.

Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling