O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
Download 186.2 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqEJ0P9q8q1Gd3gyRQSgYhC8NDcknbsYElWbBQV220
- Bu sahifa navigatsiya:
- mavzusidan ma’ruza matni
- 3-Mavzu. 1-2-sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini tashkil etish strukturasi Reja.
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari moduli bo‘yicha “ Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligini oshirish yo‘llari ” o‘quv kursining “ 1-2-sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini tashkil etish strukturasi” mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzasi: Karimova Fotima Botirovna Toshkent 2021 3-Mavzu. 1-2-sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini tashkil etish strukturasi Reja. 1. Savodxonlik tushunchasi 2. 1-2 –sinflarda ona tili va o`qish savodxonlik fanining dasturi 3. 1-2- sinflarida ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini tashkil etish Savodxonlik- xalq orasida qobiliyat deb tushuniladi o‘qish va yozishning kamida bitta usulida, asosiy lug‘at va qo‘llanmalarning ta’riflarida aks ettirilgan tushuncha. Biroq, 1980-yillardan boshlab, savodxonlik tadqiqotchilari o‘qish va yozishni har qanday haqiqiy hodisasidan tashqari qobiliyat sifatida belgilash, o‘qish va yozishni har doim muayyan kontekstda va shu kontekst bilan bog‘liq qadriyatlar bilan birgalikda sodir bo‘ladigan murakkab usullarni e’tiborsiz qoldiradi. Savodxonlik doimo ijtimoiy va madaniy elementlarni qamrab oladi degan qarash aks ettirilgan. Savodxonlik "bosma va yozma materiallardan foydalangan holda aniqlash, tushunish, talqin qilish, yaratish, muloqot qilish qobiliyati" degan shart. turli xil kontekstlar bilan bog‘liq." Zamonaviy savodxonlikka "kontekstga bog‘liq ijtimoiy amaliyotlarning yig‘ilishi" sifatida e’tibor shaxslarning o‘qish va yozish amaliyotlari umr bo‘yi rivojlanib borishi va o‘zgarishi haqidagi tushunchani aks ettiradi ularning madaniy, siyosiy va tarixiy kontekstlari o‘zgarganda. Masalan, ichida savodxonlik quyidagicha ta’riflangan: "Oila a’zolari, ishchilar, fuqarolar va umrbod o‘rganuvchilar sifatida o‘qish, yozish va ulardan foydalanish, ma’lumot bilan ishlash, fikr va mulohazalarni bayon qilish, qaror qabul qilish va muammolarni hal qilish qobiliyati". Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qishni o‘rganishga katta ahamiyat beriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bu darslarida ongli o‘qish va savodli yozishga o‘rganadilar, og‘zaki va yozma nutqning qonun-qoidalarini egallaydilar. Ona tili va o‘qish sohasidagi ko‘nikma-malakalar (nutq, o‘qish va yozishga oid malakalar) o‘quvchilarning o‘quv mehnatining zaruriy sharti va vositasidir. O‘quvchi o‘qish ko‘nikmalarini egallash bilan bir qatorda, birinchi navbatda,o‘zining ona tilini o‘rganishi zarur, chunki ona tili bilimdonlikning, aql- idrokning kalitidir. Ona tili ba o‘qishfanlari boshqa fanlami o‘qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o‘rganiladi. Demak, ona tili va o‘qish savodxonlik dasrlari bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg‘otishda alohida o‘rin tutadi. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o‘qigan bola o‘zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi. Ona tili boshlang‘ich sinflarda asosiy o‘rinni egallar ekan, har bir o‘quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur. Boshlang‘ich sinflarda ona tili mashg‘ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1.O‘qish, yozuv, grammatik materialni o‘rganish, kuzatishlar hamda o‘quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog‘liq holda, ularning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish. 2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o‘rgatish, ya‘ni ularni elementar o‘qish va yozishga o‘rgatish, bu ko‘nikmalarni malakaga aylantirish. 3.Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan savodli yozuvni, to‘g ‘ri talaffuzni o‘rganish, nutq va uslubiy elementlarni egallash. 4. Grammatika, fonetika, leksikologiyadan nazariy materiallarni o‘rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish. 5. O‘quvchilarni o‘qish va ona tili darslari orqali badiiy, ilmiy- ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda badiiy asarni idrok etish ko‘nikmasini hosil qilish. Bu vazifalarning hammasini boshlang‘ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi va ular ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati bo‘lib, unda o‘quv predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu predmetdan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasiga qo‘yilgan asosiy talablar belgilangan bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchilar dastur talablari asosida ish olib boradilar. Mazkur o‘quv dasturi ona tili va o‘qib tushunishga oid malaka va koʻnikmani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. Unga ko‘ra Ona tili va o‘qish savodxonligi faniga shunchaki oʻquv predmeti sifatida qaralmaydi. Bunda tili butun borliqni: tabiat, jamiyat, fanlarni, oʻzlikni anglash va oʻrganish vositasiga aylantiriladi. Oʻquvchi Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini oʻzlashtirish jarayonida tildan turli ijtimoiy munosabatlarda to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni oʻrganadi. Matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, iqtisod, jamiyatshunoslik kabi fanlarni oʻzlashtirishda til omilini his qiladi. Badiiy matnlar bilan ishlash davomida, o‘zidagi ijodkorlik qobiliyatini yuzaga chiqaradi, dunyoqarashi kengayadi. Muayyan soha mutaxassisiga aylanganida, maktabda olgan bilim, ko‘nikma va malakalaridan foydalanib oʻzbek tilida ish yuritish, nutq soʻzlash, turli uslublarda yoza olish, qarashlarini erkin ifodalagan holda fikrini boshqalarga turli shakllarda samarali tarzda yetkazishni, eng muhimi, teran fikrlashni biladi. Boshlang‘ich sinflarnig ona tili dasturi ikki qismdan iborat: 1. Tushuntirish xati. 2. Asosiy qism. Tushuntirish xatida ona tili predmetining tutgan o‘rni, uning vazifalari ko‘rsatilib, metodik yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Boshlang‘ich ta’lim1-sinf o‘quv dasturining tarkibi quyidagicha: 1. Tayyorgarlik davri (tayyorgarlik davrida o‘qish hamda yozuv darslari). 2. Alifbe davri (o‘qishga va yozishga o‘rgatish). 3. Ona tili. 2-4-sinflar uchun Ona tili va o‘qish savodxonligi fani dasturi o‘quvchining yosh xususiyatlari va shunga muvofiq nutqiy ehtiyojlaridan kelib chiqib tuzilgan. Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta ‘lim tizim ida alohida o ‘rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shu ning uchun ham boshqa predm etlar ta ‘limini o‘q ish ta ‘limisiz tasaw u r qilib bo‘lmaydi. O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk bor o‘qish darslarida yuzlashadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Davlat ta’lim standarti (DTS) talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘quv-biluv ko‘nikma - malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo‘l ochiladi. Aynan o‘qish ta’limida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa olamni anglashga bo‘lgan intilishlariga turtki beriladi. O‘qish darslari savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘in, so‘z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o‘qish texnikasi egallangandan so ‘n g o‘qish muayyan mavzular bo‘yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. o‘qish darslarining yetakchi xususiyati o‘quvchilarning savodxonligini ta ‘minlash bilan birga, o‘quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo‘lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og‘zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash hisoblanadi. Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha DTS va „Ona tili" o‘quv dasturida o‘qish ta’limi oldiga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o‘qishni to‘g‘ri tashkil qilish, o‘qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan o‘rinli foydalanishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Umuman olganda, o‘qish darslari oldiga qo‘yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat: 1. O‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qishlarini shakllantirish. 2. O‘quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o‘rgatish, kitobga muhabbat uyg‘otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish. 3. O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. 4. O‘quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash. 5. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o‘stirish. 6.O‘quvchilarning xayolot olamini boyitish. 7. Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish. Boshlang‘ich 1-2-sinflarda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so‘z yasalishi)ni o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish ona tilini o‘rgatishdagi yetakchi tamoyil bo‘lib, uni amalga oshirish o‘quvchilaming tilni murakkab, rivojlanuvchan, o‘zaro bog‘langan muhim tomonlarga ega bo‘lgan hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o‘zaro bog‘langan qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonini tekshirish shuni ko‘rsatadiki, tilga ilmiy qarash asoslarini shakllantirish uning muhim bog‘lanishlarini bilishga ham yordam beradi. Xususan, o‘quvchilarning so‘zning tovush tomoni bilan uning leksik ma’nosi, so‘zning morfemik tarkibi bilan leksik m a’nosi, so‘zning grammatik ma’nosi bilan uning ma’lum so‘z turkumiga tegishliligi o‘rtasidagi bog‘lanish kabilarni bilib olishi shu maqsadga xizmat qiladi. Bu bog‘lanish tilning fonetik, leksik, so‘z yasalishi va grammatik tomonlarining bir-biriga ta’sir qilishini xarakterlaydigan umumiy bog‘lanishlarning xususiy ko‘rinishi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘quvchilaming xarakterli bog‘lanishlarni tushuntirishlari tilni egallash nuqtai nazaridangina emas, balki dunyoqarashlarini shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Tildan bilim berishda o‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. O‘qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo‘lgan daliliy materiallarni yig‘ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalaming hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni o‘rganish natijasida o‘quvchilar nutq faoliyatining sifati o‘zgaradi, ongliligi ortadi. Tilni o‘rganishni hayot bilan bog‘lash dunyoning moddiyligini tushunishga asos yaratadi. Bu bilan bir paytda ona tili darslarining asosiy vazifalaridan biri bo‘lm ish o‘quvchilarda to‘g‘ri kuzatish va o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda aniq bayon etish ko‘nikmasini o‘stirish masalasi hal qilinadi. Ona tilini o‘rganish jarayonida 1-2-sinf maktabda ona tilini o‘rgatishga asos bo‘ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning g‘oyaviy yo‘nalishi va badiiy ifodaliligi o‘quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg‘ulariga ta’sir etadi, atrof-m uhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o‘quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o‘stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Keyingi yillarda maktab ona tili darsliklari va o‘qituvchilar uchun nashr qilingan qo‘llanmalar materiali mazmuniga qo‘yilgan talablar anchagina ortdi. Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilma-xilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog‘lanishi, matnlarning g‘oyaviy-mavzuviy yo‘naltirilganligi, kichik yoshdagi o‘quvchilarga mosligidir. Shunday qilib, tilni o‘rganish jarayonida kichik yoshdagi o‘qituvchining metodologik yondashuvi, o‘quvchilar o‘zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi bilimlar majmuasi, o‘quvchilar o‘rganib oladigan bilish usuli, tilni o‘rganishga asos bo‘ladigan materialning bilim berishdagi, g‘oyaviy-siyosiy va badiiy qimmati hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatar ekan. Download 186.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling