Estetikaning asosiy tushunchalari. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Reja
Download 48.02 Kb.
|
Tabiat va
Komiklik va kulgililik. Kulgililikdan komiklik tushunchasi ancha tor. Har qanday kulguli narsa komik bo‘lavermaydi. Komik voqea deganimizda ijtimoiy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan hodisani anglaymiz. Kulgili yoki eng sodda komik voqea latifa mavzui bo‘lib xizmat qilishi mumkin va undan hajviy o‘xshatma (parodiya), hazil (sharj) kabi san’at ko‘rinishlari o‘rin olgan.
Komediya – eng oddiy kulgi bilan emas, balki komik matn bilan bog‘liq bo‘ladi. Gogol: «Komediya uchun qiyshiq burun emas, qiyshiq jon kerak». Komediyaning asosini komik to‘qnashuvlar, komik tabiat ramziy qiyofalar, «fosh» etilishi zarur bo‘lgan komik vaziyat tashkil etadi. Komediya – salbiy xislatli odamlarni aks etuvchi asar ma’nosini anglatadi. Ammo bu adabiy janr kishilarning o‘ta buzuqligini emas, balki kulgililik jihatlarinigina qamrab oladi. Kulgi dunyodagi g‘ayritabiiy-hodisalarni qoralabgina qolmay, balki ularni yaxshilashni ham ko‘zga tutadi. Komediya eng avvalo, o‘z-o‘zini tanqid qilishning maxsus shakli sifatida amal qiladi. Komediya o‘zining ijtimoiy vazifasini o‘ta soddalashtirib, u yomon xulq, yomon odam, yomon hodisalarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri, bevosita tuzatishga, yaxshilashga olib keladi. Komediyaning bosh vazifasi – odamlar axloq-odobini sahnadan turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita miyasiga joylashtirib, tuzatishdan emas, balki insonning hayotdagi kulgililikni ilg‘ab olishdagi qobiliyatini mashq qildirib turishda, ya’ni odamlarda hazil tuyg‘usi kabi qimmatbaho fazilatni rivojlantirishdir. SHu tariqa komediya odamlarni yaramas va xunuk hodisalarni kulgili tomonlarini ko‘ra olishga, ularni anglash, fosh qilish, qoralashga o‘rgatadi. Komediyadagi kulgi esa yaramas va xunuk hodisalarning bo‘sh eri, zaif tomonini tanqid qiladi. Kulgining badiiy shakllari orasida masxara (satira) alohida ahamiyatga ega. Umumiy estetik ma’noda masxara voqelikni badiiy tasvirlash turi bo‘lib, hayotning salbiy hodisalar, yuksak insoniy orzularga zid ekanligini bo‘rttirib ko‘rsatadi. Satira san’atning har xil turlari va ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi: unga lirika ham, epos ham, drama ham yot emas. Komediya san’atiga xos tanqidiy yo‘nalish masxarada to‘laqonli aks etadi. Satiradagi fosh etuvchi kulgi qahr - g‘azabdan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi. Satirada zardali hazil, achchiq kinoya, hazil mutoyibadan foydalaniladi. Download 48.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling