Fojialilik va kulgililik. YOlg‘iz insonga xos his-tuyg‘u. Faqat ijtimoiy munosabatlar jarayonida namoyon bo‘ladi. Ular bir-biriga zid tushunchalar, ayni paytda ular bir-birining mag‘ziga singib, birinchisi ikkinchisiga o‘tib turadi. Xalq iborasida: «fojialilikda kulgililikkacha masofa bir qadamdir» deyiladi. SHekspir asarlarida fojiali va kulgili tomonlar, shu qadar chirmashib ketganki, ularni birini ikkinchisisiz anglash qiyindir.
Fojialikda noqonuniy hayotning chuqur ziddiyatlari va to‘qnashuvlari: hayot va o‘lim, ozodlik va zarurat, aql va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlar namoyon bo‘ladi. M.SHayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi», «Mirzo Ulug‘bek» asarlari fojiaviy asarlardir.
Arastu: fojiali his-tuyg‘u murakkab tarkibga ega bo‘lib, u achinish, qo‘rquv va shodlikning o‘ziga xos qorishmasidan iborat. Bu erda qahramon azob-uqubatlariga achinish uning mudhish taqdiridan qo‘rquv, ruhiy poklanishidan shodlanish ko‘zda tutiladi. Agar shunday holat (poklanish) sodir bo‘lmasa, tomoshabin dilxasta bo‘lib chiqib ketsa, demak poklanish amalga oshmagan bo‘ladi.
..Halokat bilan tugallansa ham, bari-bir qayg‘u va tushkunlik emas, balki yashash va kurash istagi, bu kurashda o‘zining halok bo‘lishini bilib turgan insonning mag‘rur qiyofasi gavdalanadi.
Inson ulug‘vorligini tarannum etish hammadan ham ko‘proq va yorqinroq san’at fojia turida o‘z ifodasini topadi.
Kulgililik. Arastu kulgulilikni xunuklik va go‘zallik o‘rtasidagi ziddiyat ifodasi desa, Kant : - kutilayotgan voqeaning ahamiyatliligi va natijaning arzimasligi deb ta’kidlaydi. Gegel: - mohiyati jihatidan pastkash, soxta, ahamiyatsiz va shakli jihatining ahamiyatli jarayonini kulgulilik desa, Bergson: - bexosdan sodir bo‘lgan va jonli muloqot natijasini kulgu deb ataydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |