Estetikaning asosiy tushunchalari. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Reja


Download 48.02 Kb.
bet3/12
Sana05.01.2022
Hajmi48.02 Kb.
#213696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tabiat va

Gegel ta’biricha: Mutloq ruh-g‘oya go‘zallikning namoyon bo‘lishidir. His-tuyg‘u qobig‘iga ega bo‘lgan mutloq ruh- g‘oya, ya’ni porlab turgan narsagina go‘zaldir. San’at go‘zallikning asl makonidir. Gegel simmetriya tushunchasiga katta e’tibor beradi. Uningcha simmetriya qoidasiga binoan, shunday narsa go‘zalki, agar undagi tug‘ma belgilar to‘la tarzda namoyon bo‘lsa; shunday daraxt go‘zalki, agar undagi tug‘ma belgi (olma, anjir, anor)lari to‘la va bevosita ko‘rinsa. SHunday inson go‘zalki, agar unda yaxshi insoniy fazilatlar va sifatlar mujassamlashgan tarzda ifodalansa.

Arastu: go‘zallikni moddiy olamning moslik, aniqlik, hamohanglik, mezon-o‘lchovlik kabi miqdorli va makonli tavsiflari bilan bog‘lab mushohada qiladi.. «Garmoniya» asosida go‘zallik zaminida inson va narsaning bir-biriga muvofiqligi, loyiqligi, mosligi aqidasi yotadi... «o‘ta kichik narsa go‘zal bo‘la olmas edi, chunki, juda oz vaqt ichidagi tasavvur qorishib ketadi.



Go‘zallik – bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo‘lib, biror narsaga his-tuyg‘u orqali ta’sir o‘tkazish bilan insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik zavqlanish, ma’naviy qoniqish vujudga kelishga imkon yaratayotgan jarayondir.

Go‘zallik ijtimoiy ahamiyatga molik hodisadir. Go‘zallik hamisha foydali, lekin u alohida turdagi foyda – u avvalo, insonga, jamiyatga, tarao‘o‘iyotga ma’naviy foyda keltiradi. Go‘zallik inson erkinligining ramzidir.


Download 48.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling