Estetikaning


Ijtimoiy aloqachilik (kommunikativlik)


Download 489.5 Kb.
bet11/21
Sana06.11.2023
Hajmi489.5 Kb.
#1751790
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.

Ijtimoiy aloqachilik (kommunikativlik) faoliyati - san’atning o‘ziga xos vazifasi. Haqiqiy san’at asari idrok etuvchini muayyan makonda va zamonda «birga olib yuradi», biz uchun yangi bo‘lgan voqelik bilan «tanishtiradi», hozirgi zamon odamini boshqa bir zamonga, boshqa tarixiy voqealar joyiga, boshqa mintaletetga, boshqa mintaqaga «olib boradi», M., SHekspirning
«Romeo va Juletta» asari orqali O‘rta asrlar Italiyasidagi voqealar bilan bog‘lanamiz. Zamonaviy san’at asarida ham shunday holatni ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, san’at ijodkor va jamiyat, ijodkor va asar, asar va uni estetik idrok etuvchi orasidagi uch yoqlama aloqani ham amalga oshiradi.
Huzurbaxshlik - san’atning ijtimoiy vazifasi. Biz yuqorida san’atning kelib chiqishini o‘yin bilan bog‘lagan edik. SHunday ekan, huzurbaxshlik vazifasini uning tabiiy burchi deb atash mumkin. CHunki o‘yin «bir maza qilish», bir muddat zavqqa berilib, huzur olish uchun kerak. San’atda ham, u ilk bor bunyodga kelgan paytidan boshlaboq, huzurbaxshlik asosiy vazifa hisoblangan. Biroq, taraqqiyot davomida insonning, qo‘polroq bo‘lsa ham, Arastu ta’biri bilan aytganda, «ijtimoiy hayvon»ligi ustuvorlik kasb etib borgani sayin, bu vazifaga juda ko‘p hollarda etarli e’tibor berilmaydi: g‘oyaviylik, mafkuraviylik, zamonaviylik, dolzarblik kabi ijtimoiy
«yuk»lar «san’at elkasiga» me’yoridan ortiq yuklanadi. Natijada sa’at bunday og‘ir yuk ostida ezilib qoladi va huzurbaxshlik vazifasini kerakli darajada bajara olmaydi. Bundan na zamon, na mafkura, na g‘oya, na san’atkor, na san’at asari foyda ko‘radi. CHunki bularning hammasi asarni idrok etuvchiga xuzurbaxshlik orqali etib boradi. Huzurbaxshlik yo‘qolgan joyda san’atning o‘zi yo‘qoladi. U bir marta o‘qiladigan, bir marta ko‘riladigan, bir marta tinglanadigan, g‘oyaviyligi bilan badiiyligi orasida Xitoy devori ko‘tarilgan soxtalik namunasiga aylanadi. Zero, huzurbaxshlik vazifasi san’atning g‘oyaviy-badiiy yaxlitligini ta’minlashi barobarida uni ajdoddan avlodga asrab etkazishni ham o‘z bo‘yniga oladi.



Download 489.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling