Ethernet texnologiyasi. Ethernet texnologiyasi asosida tarmoqlarni qurish xususiyatlari va
Download 106.66 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3.- rasm.
Ris. 4.2. Set standarta 10Base-2.
Bitta segmentning uzunligi koʻpi bilan 185 m boʻlishi mumkin. Segmentning ikki tomonida, yahni oxirlarida 50 Om qarshilikka ega boʻlgan terminatorlar ulangan boʻlishi kerak. l0Base-2 standartida takrorlovchilarni ishlatib tarmoqning uzunligini oshirish imkoniyati bor. Bunda ham l0Base-5 standartidagi kabi «5-4-3 qoidasiga» amal qilish kerak. Tarmoqning maksimal uzunligi 5x185 = 925 m ni tashkil qilishi mumkin. Bitta segmentdan iborat boʻlgan 10Base-2 tarmogʻining koʻrinishi 4.2.- rasmda keltirilgan. Bu standartni amaliyotda qoʻllash unchalik kiyin emas, negaki tarmoqni hosil qilish uchun faqatgina tarmoq adapterlari, T-konnektorlari va 50 Om li terminatorlar boʻlsa bas. 10BASE - T STANDARTIl0Base-T tarmogʻida mahlumotlarni uzatish muxiti sifatida ikkita ekranlanmagan oʻralma juftlik (Unshielded Twisted pair, UTP) kabeli ishlatiladi. 3- inchi kategoriyali koʻp juftli (2 ta, 4 ta juftli) UT kabeli telefon appratlarini ulash uchun ham ishlatiladi. SHuning uchun ularni Voice Grade, yahni tovush uzatish kabeli ham deb ataladi (4.3.-rasm). Bunda oʻralma juftlikning bittasi kompyuterni takrorlovchiga, yahni kontsentratorga mahlumotlarni uzatish uchun (Tx ), ikkinchisi esa kontsentratordan kompyuterga mahlumotlarni uzatish uchun (Rx) ishlatiladi (4.4.-rasm). Bu kabelning uzunligi koʻpi bilan 100 m boʻlishi mumkin. l0Base-T standartida «4- tagacha kontsentratorlar» qoidasi amal qiladi. SHunga asosan tarmoqning uzunligi koʻpi bilan 500 m ni tashkil qiladi. Yahni 5-ta segment har biri 100 m dan boʻlganda tarmoqning diametri 500 m boʻladi. Tarmoqqa koʻpi Bilan 1024 ta kompyuter ulashga ruxsat beriladi. Bunga kontsentratorlarni ikki sathli ierarxik koʻrinishda ulash bilan erishish mumkin boʻladi. 4.3.- rasm. 10Base-T standarti tarmogʻi: Tx - uzatuvchi; Rx - qabul qiluvchi. Download 106.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling