Kompyuterni tashkil etish


Download 100.5 Kb.
bet1/6
Sana17.10.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1705796
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KTE - fan dasturi


PERFECT UNIVERSITY
NODAVLAT OLIY TA’LIM TASHKILOTI



“TASDIQLAYMAN”
Perfect University nodavlat
oliy ta’lim tashkiloti rektori
___________________D.Turg‘unov
“___”______________2023-yil

KOMPYUTERNI TASHKIL ETISH


FAN DASTURI



Bilim sohasi:

600000–Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Taʼlim sohasi:

610000–Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Taʼlim yoʻnalishi:

60610600 - Dasturiy injiniring




Toshkent 2023

Fan/modul kodi
KTE46MBK



O‘quv yili
2023-2024

Semestr
4

ECTS - Kreditlar
6

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama
(soat)

Kompyuterni tashkil etish

72

108

180

2.

  1. Fanning mazmuni

Fanni o‘qitishdan maqsad - kompyuterni tashkil qilish tamoyillari, zamonaviy kompyuterlarning funksional tarkibiy qismlari va imkoniyatlari haqidagi bilimlarni, hamda kompyuter tizimlarida axborot almashinish jarayonlarini tashkil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga zamonaviy kompyuterlarni tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari, buyruq formatlari va manzil rejimlari, xotira ierarxiyasi va tashkil etilishi, protsessor va periferik qurilmalar o‘rtasidagi ulanish va aloqa, kompyuter tizimidagi hisoblashlarni tashkil etilishi haqidagi bilimlarni berishdan iborat.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Kompyuterni tashkil etilishi va klassifikatsiyasi.
Kompyuterning tashkil etilishi va tuzilishi, kompyuter arxitekturasi va uning rivojlanish bosqichlari, kompyuterlarni tashkil etilishi tamoyillari va klassifikatsiyasi, kompyuterlarning turlari va tashkiliy qismlari, kompyuterlarning asosiy va qoshimcha qurilmalari , ularning ko‘rsatkichlari va xususiyatlari.

Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling