IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Turli xil sohalar uchun mo‘ljallangan kompyuterlar va kompyuter tizimlari.
Xozirda ishlab chiqarilayotgan shaxsiy kompyuterlarning protsessorlari va ularning xususiyatlari.
Mobil tizimlar uchun mo‘ljallangan protsessorlar.
O‘rnatilgan tizimlarda qo‘llaniladigan protsessorlar.
Zamonaviy kompyuterlarning konfiguratsiyasi va ularning qo‘llanilish sohalari.
Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli-mantiqiy asoslari.
Buyruqlar tizimi arxitekturasi.
Zamonaviy shinalarning xususiyatlari.
Xotira turlari va vazifalari.
Assembler tilida dasturlash asoslari.
Tashqi qurilmalarning turlari va vazifalari.
Intel va AMD protsessorlari.
Kiritish-chiqarish tizimlarini tashkil qilish.
Tizim interfeysi, shinalarning tashkil etilishi.
Ma’lumotlar formatlari standartlari.
Protsessorlarning tuzilishi, Protsessorlarning ichki registrlari.
Pentium sinfi protsessorlari
Matritsali va vektorli protsessorlar.
Kiritish-chiqarish kanallari va protsessorlari.
RAID massivlari.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular va topshiriqlar bo‘yicha talabalar tomonidan individual referatlar yoki hisobotlar tayyorlanadi va topshiriladi.
3.
|
V. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalar
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
asosiy raqamli-mantiqiy elementlar va ulardan kompyuterni tashkil etishda foydalanish, kompyuterni funksional tashkil etilishi, zamonaviy kompyuterlarning funksional tarkibiy qismlari, mashina kodlarining xususiyatlari, buyruq formatlari va manzil rejimlari, xotira ierarxiyasi, kompyuter va tashqi qurilmalar o‘rtasidagi aloqalar, assembler dasturlash tili haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerek;
kompyuterni tashkil qilishda qo‘llaniladigan vositalarni va tashkil qilish asoslarini, zamonaviy kompyuterlarning funksional tarkibiy qismlarini, tashqi qurilmalarini, assembler dasturlash tilini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;
protsessor va tashqi qurilmalar o‘rtasidagi ulanishni tashkil qilish, kompyuterdagi hisoblash jarayonlari turlarini tahlil qilish hamda tashkil etish, kompyuter tizimlarini ishlatish jarayonida yuz beradigan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha zamonaviy usullarni o‘rganish va ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |