Etika-axloq falsafasi


Download 1.13 Mb.
bet3/5
Sana13.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1353103
1   2   3   4   5
Bog'liq
ETIKA-AXLOQ FALSAFASI

Navbatdagi axloqiy kategoriya – vijdon kategoriyasidir. Vijdon or-nomus kabi oliy axloqiy fazilatdir. Vijdon o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy-tarixiy fazilat bo‘lib, kishining fuqorolik yetukligi va ijtimoiy mas’uliyati asosida shakllanadi. «Vijdon amri», «vijdon azobi», «vijdon ovozi» kabi tushunchalar kishining turli xatti harakatlari va hulqini ijtimoiy foyda ѐki zarar nuqtai-nazaridan baholashni ifodalaydi. Vijdon kishida tug‘ma xususiyat bo‘lmasdan, uni individual shaxsiy kamoloti, shaxsiy haѐtiy taqdiri asosida shakllanadi. Vijdon shu sababli turli kishilarda turli darajada shakllangan bo‘ladi. Vijdon o‘z tabiatiga ko‘ra ikki tomondan- aqliy va hissiy tomonlardan iborat bo‘ladi. Vijdon ijtimoiy aql, ijtimoiy qoidalariga rioya qilish darajasini ifoda etar ekan, u insonda turlicha his-tuyg‘ularni uyg‘otadi.

Burch kategoriyasi ham vijdon kategoriyasi kabi kishilarda turli darajada kamol topgan bo‘ladi. Burch ko‘proq shaxsning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. U kishida qay darajada mas’uliyat, uyat, or nomus va sha’n hissi taraqqiy ekanligi bilan bog‘liqdir. Burch inson taraqqiѐtining yuksak ijtimoiy pog‘onalarida tarixan kamol topgandir. Burch – ijtimoiy va shaxsiy ma’naviy qarzdorlikni, ijtimoiy haѐtga individual tarzda mansublik va qaramlikning ifodasidir. Burch asosan ikki ko‘rinish ѐki pog‘onada namoѐn bo‘ladi. Birinchisi – ijtimoiy-tarixiy burch. U milliy ravnaq, milliy madaniyat, vatan oldidagi mas’uliyat shaklida ko‘rinadi.


AXLOQNING O`ZIGA XOS TAMOYILLARI
INSONPARVARLILIK
UMUMINSONIYLIK
VATANPARVARLILIK

Umuminsoniy axloq tamoyillari deb insonning ma’naviy mohiyatiga, burchiga, haѐtning mazmuniga va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning tabiatiga taalluqli bo‘lgan umumiy talablarni aks ettiradigan, insonlar faoliyatining umumiy yo‘nalishini ko‘rsatib beradigan va muayyan xulq-atvor normalariga asos bo‘lib xizmat qiladigan qonun-qoidalarga aytiladi. Umuminsoniy axloq tamoyillariga quyidagilar kiradi: insonparvarlik, o‘zaro ѐrdam, ishonch, hamjihatlik, tinchliksevarlik, vatanparvarlik, adolatlilik, odamiylik, qonuniylik va h.k.


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling