Etika-axloq falsafasi


Download 1.13 Mb.
bet4/5
Sana13.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1353103
1   2   3   4   5
Bog'liq
ETIKA-AXLOQ FALSAFASI

Insonparvarlik tamoyili – odamlarga mehr-muhabbat bilan qarash, ularning haq-huquqlarini xurmat qilish, baxt-saodati, har tomonlama kamol topishi hamda ijtimoiy haѐtda inson uchun qulay shart-sharoitla yaratib berish haqida g‘amxo‘rlik qilishni ifodalovchi tuyg‘ular, qarashlar majmuidir. Insonparvarlik axloqiy tamoyil sifatida kishilarning xulqini bir-biriga xurmat va g‘amxo‘rlik, insonning kuch-qudratiga ishonch ruhida tartibga solib boradigan xatti-harakatlarni bildiradi. Insonparvarlik tamoyili o‘zining huquqiy ifodasini «Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi‖ (1948 yil 10 dekabr), ―O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi‖ (1992 yil 8 dekabr) kabi hujjatlarda topgan

Vatanparvarlik tamoyili – «Vatanni sevmoq iymondandir‖, - degan edilar payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom. Vatanni sevish vatanparvarlikning negizini tashkil etadi. I.A.Karimov: «.... Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik o‘zining qudratli ildizlari bilan o‘z oilasining, avlod-ajdodlarining nomus-origa, chuqur ehtiromiga, insonning shaxsiy vijdoniga, burchga va o‘z so‘ziga sodiqlikka borib taqaladi.‖ «Vatan tuyg‘usi: ―Vatan xissi - shu Vatanning egasi bo‘lmish xalqni bilishdan, uning qadriga yetishdan, nimalarga qodir bo‘lganligini tan olishdan, buyukligini e’tirof etishdan boshlanadi‖ deyiladi. Vatan tuyg‘usi – ajdodlarimizning Vatan deya, uning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilganliklarini, jabr sitam, zulm-istibdodga uchraganliklarini ѐd etish, mustaqil, ozod va obod Vatanimizga yuksak e’tiqod bilan yashash, unga hamisha sadoqatli bo‘lishdir.

Jamiyat ma’naviy haYOtining bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ikki sohasi- axloq va huquqning o‘xshash va farqli tomonlari masalasi hozirgi kunda ayniqsa dolzarb hisoblanadi. Shaxsning ma’naviy dunYOsi, ongi va madaniyati shakllanishida axloq va huquq alohida o‘ringa ega. Chunki ular ijtimoiy munosabatlar tizimi taraqqiYOtiga ta’sir ko‘rsatadigan, shu orqali shaxs ongini rivojlantiradigan muhim ijtimoiy boshqaruvchi hisoblanadi. Axloq va huquq - inson munosabatining o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan muhim elementlaridir. Ularning tabiati jamiyatdagi konkret tarixiy sharoit, sosial-sinfiy strukturaga bog‘liq bo‘ladi. Demokratik fuqarolik jamiyatida axloq va huquqning o‘zaro aloqadorligi quyidagi qonuniyat tufayli ob’yektivlashadi – umumxalq huquqining axloqiy potensiali, qonunchilikning axloqiy asoslari o‘sib boradi


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling