Etika-axloq falsafasi


Axloqning asosiy kategoriyalari


Download 1.13 Mb.
bet2/5
Sana13.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1353103
1   2   3   4   5
Bog'liq
ETIKA-AXLOQ FALSAFASI

Axloqning asosiy kategoriyalari:

YAXSHILIK VA YOMONLIK KATEGORIYASI Yaxshilik» va «ѐmonlik» kategoriyalari ijtimoiy taraqqiѐt davomida mazmunan o‘zgarib va takomillashib boradi. Shu ma’noda «yaxshilik» va «ѐmonlik»ni ilk ibtidoiy tushunish bilan hozirgi ijtimoiy taraqqiѐt bosqichlaridagi tushunish bir-biridan farq qiladi Ijtimoiy taraqqiѐtning ma’lum bir tarixiy taraqqiѐti bosqichidagi «yaxshilik» deb qaralgan hodisa, boshqa bir bosqichda «ѐvuzlik», ѐki «ѐmonlik», deb baholanishi mumkin.

«Adolat» kategoriyasi faqat etika kategoriyasigina bo‘lib qolmay, bir vaqtning o‘zida huquqiy kategoriya hamdir. «Adolat» kategoriyasining ichki mazmunini, uning asosiy ijtimoiy mezonlariga e’tibor berish bo‘lg‘usi huquqshunoslar uchun benihoyat muhimdir. «Adolat» kategoriyasining boshqa axloqiy kategoriyalardan farqi shundaki, u ayniqsa huqushunoslik bilan chambarchas bog‘liqdir, ma’lum darajada u axloqshunoslik va huquqshunoslikni bog‘lovchi ko‘prik, asos rolini o‘taydi. Biroq u avvalambor axloqiy kategoriyadir. Huquqshunoslik fani mazkur axloqiy kategoriyani qonunlar asosida oladi, uni kishilar munosabatida qaror topshini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu haqda I.Karimov «Adolat qonun ustivorligida» nomli ma’ruzasida batafsil to‘xtaladi.

Or-nomus va sha’n kategoriyalari Markaziy Osiѐ mutafakkirlari axloqiy ta’limotlarida ham uchraydi. Inson qadr-qimmati, or-nomusi va sha’ni At-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Beruniy, Bahovuddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Xo‘ja Axror, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqa o‘rta asr Sharq mutafakkirlarining ijodiy merosida alohida o‘rin tutadi. Garbda esa «or-nomus» va «sha’n» kategoriyasi Uyg‘onish davri mutafakkirlari N.Kopernik, Jordano Bruno, Lorenso Valla, Erazm Rotterdamskiy, Galileo Galiley va boshqa mutafakkirlar ijodidan keng o‘rin olgan. Ayniqsa, O‘rta asrlarda risarlik or-nomus va sha’ni, u ѐki bu unvonga mansublik (lord, graf va hokazolar) alohida ma’naviy fazilatlar bo‘lishligini, shaxsiy va oilaviy qadr qimmatini, or-nomus va sha’nni cheksiz hurmat qilish va qadrlashni axloqiy qoida va prinsip darajasiga ko‘tardi.


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling