Etika-axloq falsafasi
Download 1.13 Mb.
|
ETIKA-AXLOQ FALSAFASI
―Etika‖, shuningdek, ―Pedagogika‖ fani bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib boradi. Komil insonni shakllantirish, ta’lim berish jaraYOnlarini tarbiyaviy jaraѐnlarsiz, «Odobnoma» darslarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu sababli ―Etika‖ ―Pedagogika‖ning asosi hisoblanadi. Etika «Psixologiya» fani bilan aloqador. ―Psixologiya‖ u YOki bu xatti-harakat, fe’l-atvor sabablarining ruhiy tabiati va shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, «Etika» esa «Psixologiya» tadqiq etgan hodisalarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi deb ko‘rsatib o‘tiladi A. Sherning «Axloqshunoslik» kitobida.―EtikA bilan ―Sosiologiya inson faoliyatini boshqarishning o‘ziga xos shakli bo‘lgan axloqni o‘rganadi. ―Sosiologiya insonlarning ommaviy xatti-harakati va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum doirasidagina tadqiq etadi. ―Etika esa muayyan ijtimoiy tuzum YOki davr doirasidan chiqib, kelgusi davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli xatti harakatlarni hamda ularning sabablarini o‘rganadi. ―Etikaning ―Politologiya‖ bilan munosabati ham o‘ziga xos. «SiYOsiy kurash qarama-qarshi axloqiy qoidalar kurashini taqozo etadi. Shaxsiy intilishlar bilan davlat (jamiyat) manfaatlarining mosligi, maqsadlar va vositalarning pok YOki nopokligi muammolari o‘rtaga chiqadi» deb ta’kidlaydi A.Sher. SiYOsat qanchalik axloqiylik kasb etsa, shunchalik oqilona bo‘ladiXX asr o‘rtalariga kelib ―Etika‖ning ―Ekologiya‖ bilan aloqadorligi kuchaydi. Chunki vujudga kelgan ekologik tanglik vaziyati insonning tabiatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish zaruratini keltirib chiqardi. Endilikda global ekologik muammolarning oldini olish insonning tabiatga nisbatan ijtimoiy axloqiy munosabatiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Axloqiy baholash va boshqarish ob’yekti tabiatning o‘zi emas, balki insonning tabiatga bo‘lgan munosabati bo‘lishi kerak.Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling