Etika bo’yicha izohli lug’atda ushbu tushuncha ma’nosi quyidagicha: Kasb etikasi
O‘smir shaxsining etika kategoriyalariga quyidagilar kiradi
Download 23.26 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Vijdon» kategoriyasi
- Burch, or-nomus va qadr-qimmat
- «Or-nomus («sha’n»)va «qadr-qimmat» kategoriyalari.
O‘smir shaxsining etika kategoriyalariga quyidagilar kiradi:
1.Yaxshilik va yomonlik. «YAxshilik» tushunchasi va uning mohiyati. YAxshi deganda, odatda, kishining biror talabiga to‘la javob beradigan, unga yoqadigan, ma’lum bo‘lgan xatti-harakatlar, narsalarning ijobiy sifatlari tushunilsa, yaxshilik deganda esa ixtiyoriy ravishda biror kishining manfaatini ko‘zlab ish tutish, unga manfaat etkazish, xayrli, ezgu ishlarni amalga oshirish tushuniladi «Yomonlik» tushunchasi va uning mohiyati. YOmon odam deganda, odatda, fe’l-atvori buzuq, yaramas, razil odam; yomonlik deganda esa, o‘zining fe’l-atvori, qilgan ishlari bilan atrofdagilarga zarar etkazuvchi axloqan buzuq, yaramas odamlarning xatti-harakatlari tushuniladi. Yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida hadislarda shunday deyilgan: «YAxshilaringiz xushxulq bo‘lib, kishilarga yon beruvchi, ya’ni atrofida yaxshi hayot kechirishga imkon beruvchi kishilardir. Yomonlaringiz mahmadona, dilozor, kishilar rohatini buzuvchi kishilardur». 2.Vijdon va vijdonsizlik «Vijdon» kategoriyasi. Vijdon deganda, odatda, kishining o‘z xatti-harakati, qilmishi, yurish-turishi uchun odamlar, jamoatchilik oldidagi mas’uliyat tuyg‘usi tushuniladi. Vijdon deb o‘smir Shaxs ining o‘z axloqiy xatti-harakatlarini va bu xatti-harakatlarga bog‘liq bo‘lgan his-tuyg‘ulari, kechinmalarini davlat, jamiyat tomonidan joriy qilingan axloqiy normalar nuqtayi nazaridan baholovchi va nazorat qiluvchi ichki tuyg‘ularining majmuasiga aytiladi. Vijdon insonning faqat o‘ziga, o‘z xatti-harakatlarigagina emas, balki boshqa kishilarga, ijtimoiy manfaatlarga munosabatini ham ifoda etadi. «Vijdonning buyuk qudrati bor, – deb yozgan edi qadimgi yunon mutafakkiri Sitseron, – gunohsizni har qanday qo‘rquvdan forig‘ etgani holda va gunohkorning tasavvurida u o‘zi loyiq bo‘lgan hamma jazolarni muttasil tiklagani holda, ikkovini ham baravar hayajonga solib turadi». Burch, or-nomus va qadr-qimmat «Kasb burchi» tushunchasi va uning ahamiyati. Inson ijtimoiy mavjudoddir. U jamiyat hayotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida ko‘p qirrali faoliyat yuritadi, ana shu jarayon davomida turli xil kishilar, guruhlar bilan aloqada bo‘ladi. Har qanday aloqadorlik esa odamga qandaydir majburiyat yuklaydi, ana shu majburiyatni bajarish burchni keltirib chiqaradi. Shunday qilib, burch, oddiy qilib aytganda, ado etilishi, bajarilishi shart bo‘lgan vazifa, majburiyatdir. Burchning manbaini, asosini ijtimoiy manfaatlar tashkil etadi. Burchda manfaat buyruq shaklida maydonga chiqadi. «Or-nomus («sha’n»)va «qadr-qimmat» kategoriyalari. Or deganda, odatda, o‘ziga nomunosib yoki ep ko‘rmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, nomus qilish tushunilsa, nomus deganda kishining o‘z obro‘sini ulug‘lashi va ardoqlashi, ori yat, diyonat, uyat-andisha qilish, sharm, hayo tushuniladi. SHunga ko‘ra, oriyatli odam deb or-nomusini biladigan, o‘z obro‘yini qadrlaydigan kishilarga aytilsa; nomusli odam deb uyat-andishani biladigan, sharm-hayoli kishilarga aytiladi. Or-nomus» kategoriyasi bilan bir qatorda inson faoliyatining axloqiy tomonlarini ifodalovchi Download 23.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling