Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati reja: E


Milliy mustaqillikni mustahkamlash jarayonida etikaning jamiyat ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi o‘rni


Download 37.09 Kb.
bet3/4
Sana03.12.2023
Hajmi37.09 Kb.
#1799054
1   2   3   4
Bog'liq
11. Etika 2

Milliy mustaqillikni mustahkamlash jarayonida etikaning jamiyat ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi o‘rni
Jamiyatimizdagi hozirgi yangilanish jarayonida axloqshunoslikning o‘z o‘rni bor. Uning oldida yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim zamonaviy bo‘lib kelgan axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo‘ladi.
Yangicha yondashuvlardan biri-axloqshunoslikda milliy g‘oya va mustaqillik mafkurasiga e’tiborni kuchaytirish bilan bog‘liq. Chunki zamonaviy komil inson an’anaviy axloqiy qadriyatlar bilan yo‘g‘rilgan yangicha mafkuramizni o‘zida mujassam etgan, milliy g‘oyani o‘z ruhiy olamiga singdirgan yetuk shaxs bo‘lmog‘i lozim. Uning qalbida axloq mafkuraviylikni va mafkura axloqiylikni o‘zida uyg‘unlashtirgan ma’naviy hodisalarga aylanmog‘i kerak. Chunki mafkura bir yoqlama, mahdud, o‘ta siyosiylashtirilgan g‘oyalar tizimi emas, u ham xuddi axloq kabi, axloq bilan yonma-yon turib, insonni yuksak ma’naviy parvozlarga da’vat etuvchi botiniy kuchdir. Prezident Islom Karimov buni teran mantiqiylik bilan shunday ifodalaydi: «U (milliy mafkura-A.Sh.) insonga faqat moddiy boyliklar va moddiy ne’matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e’tiqod tufayli yuksak ma’naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo‘lini yoritadigan mayoqdir»3.
Ma’lumki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgani tufayli xalqimiz faqat yangi mustamlakachilik zanjiridangina ozod bo‘lib qolmadi, balki ijtimoiy tuzum o‘zgarishini boshdan kechirdi va kechirimoqda. Salkam bir asrlik totalitar tuzum xalqni «temir qo‘lqoplar» yordamida ushlab turdi: «yuqori»ning gapi-gap, shaxsning fikri mutlaqo inobatga olinmasdi, erkinlikning har qanday ko‘rinishi davlatga qarshi jinoyat sifatida baholanar, chizib qo‘yilgan chiziqdan chiqish mumkin emas edi. Jamiyat siniflarga bo‘lib tashlanib, uning a’zolari yagona kommunistik mafkura asosida tarbiyalanardi. Nimani gapirish yoki gapirmaslik, nimani o‘qish yoki o‘qimaslik, nimani yozish yoki yozmaslik v.h. siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-ma’naviy xatti-harakatlarning hammasi avvaldan belgilab qo‘yilar, fuqarolardan jonli robotlar tarzida yashash talab qilinar, aks holda har qanday shaxs qamoqqa yoki ruhiy kasalxonaga tashlanar yoki fuqarolikdan mahrum qilinib, bir umr muhojirlikka, hatto o‘limga mahkum etilar edi. Ana shunday «temir» siquv va qo‘rquv ostida yashagan xalqning birdan ozodlikka chiqishi, daf’atan hamma o‘zini erkin his qilishi silliq kechishi mumkin emasligi, hattoki ma’lum darajada xavfli ekani tabiiy. Bu - xuddi koptokni kuch bilan suvga bosib turib, keyin birdan qo‘yib yuborgan paytingizdagi hech zaruratsiz osmonga ko‘tarilishiga o‘xshaydi. U-koptokning normal xolati emas. Shunga o‘xshab, nogohon o‘zining kishandan ozod bo‘lganini his etgan individ mutlaq erkinlik da’vosini qiladi. Endi o‘tish davrining jamiyat uchun eng xatarli davri boshlanadi: o‘nlab turli-tuman harakatlar, oqimlar, partiyalar vujudga keladi, ularning aksariyati berilgan erikinlikdan siyosiy firibgarliklar vositasida hokimiyatni qo‘lga olish uchun foydalanadi; turli ekstrimistik, diniy-aqidparast guruhlar paydo bo‘lib, o‘z qora niyatlarni, xudbinona maqsadlarini amalga oshirishda «erkinlik», «haqiqat», «adolat», «tenglik», «musulmonchilik» shiori ostida harakat qiladilar. Bu-bir tomondan. Ikkinchi tomondan esa, yulg‘ichlik, firibgarlik, kazzoblik, poraxo‘rlik keskin oshadi. Ana shunday ijtimoiy-siyosiy muhitda davlatning tashviqot-targ‘ibot tashkilotlari va adliya-huquq idoralari tomonidan olib boriladigan ishlar ko‘zlangan darajada samara bermaydi, ular tashqi omil sifatida aholining barcha qatlamlarini qamrab ololmaydi, davr ular bilan yonma-yon ichki omil mavjud bo‘lishini ham taqazo qiladi.
Bu ichki omil ma’naviyat, birinchi navbatda, uning o‘zagi bo‘lmish axloq. Odamlar qalbi va ongini egallashda axloqqa teng keladigan omil yo‘q. Shu sababdan ham respublikamiz rahbariyati mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq axloqiy tarbiyaga katta ahamiyat berib keladi. Zero axloqning yuksak ahamiyatini anglab yetgan jamiyatgina o‘z buguni va kelajagi yo‘lini to‘g‘ri belgilay oladi.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik faqat siyosiy erkinliknigina emas, balki iqtisodiy erkinlikni ham beradi. Avvallari ishlab chiqarish, tijorat, korxonalarining chet ellar bilan aloqalari to‘laligicha davlat tasarrufida edi, endilikda ularning asosiy qismi xususiy mulkdorlar qo‘liga o‘ta boshladi; davlat mulki bilan xususiy mulk konstitutsion tenglikka ega bo‘ldi, mulkdorlar tabaqasi vujudga keldi. Natijada ko‘p ukladli iqtisodiyotni qonun bilan boshqarishga hatto o‘sha qabul qilingan qonunlarning ishlab ketishiga ham axloqning yordamisiz erishish mumkin emasligi ayon bo‘lib qoladi: iqtisodiyotdagi halollikning, oshkoralikning ta’minlanishi uchun qonunni muhofaza qiluvchi huquq-tartibot organlaridan tartib, to har bir xususiy konsern, firma, tadbirkorgacha axloqiy qonun-qoidalarga amal qilmog‘i lozim. Demak, axloqshunoslik iqtisodiyotning axloqiy jihatlarini (tadbirkorlik odobi, tijorat odobi, muomala odobi v.h.) ishlab chiqishdek vazifani amalga oshirishi kerak. Hozirgacha bu borada muayyan ishlar qilingan, lekin hali ularni yetarli deb bo‘lmaydi.4 Bu esa avvalambor axloq ilmiy sohasida ko‘plab ilmiy izlanishlarni talab qiladi.



Download 37.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling