Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati. Reja


Normativ aksiologik axloqshunoslik


Download 113.5 Kb.
bet9/10
Sana05.01.2022
Hajmi113.5 Kb.
#224933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati.

Normativ aksiologik axloqshunoslik axloqiy normalarni axloqiy zaruriylik (majburiylik) talablarini axloqiy ongning asosiy tushunchalari sifatida qarab, ularning ijobiy ahamiyati, qimmati jihatidan o‘rganish va asoslash bilan qiziqadi.

Kasbiy axloqshunoslik u yoki bu kabi faoliyat doirasida kishilarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladigan ma’lum bir axloq normalari sistemasini yaratish va asoslash vazifalari bilan shug‘ullanadi. Axloqiy tarbiyaning axloqshunoslikviy nazariyasi tarbiya jarayonida axloqiy omillardan samarali foydalanish vositalarini belgilab, dunyoqarash ta’limi masalalari bilan shug‘ullanadi.

1. Ilm dunyosidagi, xar qanday ilmning tarixisiz nazariyasi bo‘lmaydi, degan xikmat, ayniqca, axloqshunoslikka taaluqli. Zero axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakko‘rninr vujudga kelishi xamda uning taraqqiyoti qonunlarini o‘rganadi, ma’naviy merosning ulkan, qismi bo‘lmish axloqiy ta’limotlar, xikmatlar, pandlarni zamonaviy jamiyat xayotiga tadbiq etish va targ‘ib qilish yo‘llarni tahlil etadi. Garchand xar bir axloqiy kopsepsiya ma’lum bir mutafakkir muloxazalari va faoliyatining mevasi bo‘lsa-da, u, moxiyatan, muayyan tarixiy davr talablaridan kelib chiqadi. Ayni paytda, to‘rli odob va etiket qonun- qoidalarini o‘z ichiga oladigan axloqiy targ‘ibot muammolari, axloqiy pand-o‘gitlar va me’yorlar talablarni bajarish, axlokiy boshqarish soxasiga kiradi xamda axloqshunoslikning odatda “amaliy axloq” deb ataladigan qismini tashkil etadi.

Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim ming yil avval dunyodagi birinchi yozuv bo‘lmish mix xatda giltaxtalarga yozilgan maqol va matallardir. Somir (Shumer) alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh ma’budlar ezgulik, adolat, haqiqat va yaxshilik tarafdorlari bo‘lganlari uchun xam madhetiladi. Chunonchi, yosh ma’budi Utu axloqiy me’yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib turgan, ma’buda Nanshe esa, ba’zi matnlarda haqiqat adolat va shafqathomiysi sifatida tasvirlanadi. Lekin, ayni paytda, ma’budlar tomonidan o‘rnatilran “Me” deb atalran qonunlar ro‘yxatidan olam harakatini tartibga solish, uninr to‘xtovsiz va uyg‘un bo‘lishini taminlash maqsadida yuqoridagi axloqiy fazilatlar bilan birralikda – “yolg‘on”, ”nifoq”, “gina”, “kudupat”, “qo‘rquv” tushunchalari xam o‘rin olgan. Shuningdek somiriylarning maqol va matallari, xikmat-iboralari ham diqqatga sazovor, ularning ko‘pchiliri umuminsoniy xikmatlar darajasiga ko‘tarilgan va Sharqda bir oz boshqacharoq shaklda hozir qo‘llaniladi. Bundan tashqari, turli axloqiy muammolar esa “Gilgamesh” eposi dostonlarida ko‘tarilgan.

Somirliklar erishgan ilmiy badiiy, axloqiy daraja, huquqqa oid yutuqlap bobilliklar axloqiy qarashlari uchun asos bo‘ldi. Bobilonda somirliklarnikiga nisbagan badiiy yuksak va mukammal “Gilgamesh” eposi vujudga keldi. Adolat va haqiqatning himoyasini asosiy maqsad qilib olgan Bobilon podshosi Xammurapining mashxur Qonunlar majmui esa qadimgi Somir qonunlarining tadrijiy rivoji edi. Bu majmuada zaiflarni, yetim-esir va kam6ag‘allarni adolat tamoyili asosida himoya qilish asosiy maqsad qi.lib quyilran; Xammurapi unda o‘zining kambag‘alparvarligi va adolatparvarligi bilan faxrlanadi.

Qadimri Misrda esa odob-axloq masalalari o‘ziga xos pandnomalarda ifoda topgan. Ular orasida “Pxatotep o‘gitlari bizgacha yetib kelgan eng qadimiy pandnoma xisoblanadi. Bundan deyarli ikki yarim ming yil avval beshinchi sulola fir’avni Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli o‘rniga o‘z o‘g‘lini tayinlashni iltimos qiladi va o‘g‘liga atab o‘ttiz yetti nashatdan iborat mazkur pandnomani yozadi. Unda o‘sha davr axloqiy qonun-qoidalari, o‘zni tutish, muomala odobi singari muammolar ko‘tariladi, axloqiy fazilatlar esa xikmatlar va nasihatlar tarzida targ‘ib qilinadi. Undagilar yuksak badiiyati bilangina emas, balki quldorlik davri talablarini chetlab o‘ta olgan umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, donishmandlik va insonparvarlik namunasi sifatida hanuzgacha kishini xayratga soladi: “Qimmatbahotoshdek yashirindir oqilona so‘z, xolbuki uni don tuyayotgan cho‘ridan topish mumkin”.Agar nafaqat qadimri Misrda, balki undan bir nechaming yil keyingi qadimgi Yunonistonda xam qul ezgulikka, donishmandlikka xos bo‘lmagan jonzot sanalganini va odam o‘rnida ko‘rganini xisobga oladigan bo‘lsak, Pxatotepning mazkur fikri insoniyat axloqiy tafakkur taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanini anglash mumkin.

2.QadimgiTuronzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqiyoti zardushtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog‘liq Taxminan bundan XXX asr muqaddam yoyila boshlagan bu dinning Qadimgi Xorazmda yaratilgan “Avesto” deb atalgan muqaddas kitobida asosiy axloqiy fazilatar va illatlar sanab o‘tiladi, talqin etiladi. Unda Zardushtiylik iloxi Axura-Mazda-ezgulik, Ahriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi: ezgulik va yovuzlik, yorug‘lik va zulmat, hayot va mamot o‘rtasidagi abadiy ko‘rashining ibtidosi aks etadi. “Abadiy ezgulik”, “Ezgu niyat”, “Ezgu tartib”, “Ilohiy tobe’lik”, kabi ezgu tushunchalar real ma’no kasb qilib, insoniylashgan qiyofadagi ma’budlar siymosida namoyon bo‘ladi, ular Axura-Mazda atrofida yaxshilik urug‘ini sepib yuradi. Bunday tushunchalarning aksi esa Axriman atrofidagi yovuz kuchlarda reallashadi. Yovuz fikr tajassumi Apa Mana, so‘lish va o‘lim timsoli Tuarvi hamda Zarik ismli devlar shular jumlasidandir.

Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda axloqiy e’tiqod, uning muqaddas kitobi “Avesto” ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tushunchalar va ko‘rsatmalar majmui deyish mumkin. Buni ushbu din ayg‘omchisi Zardushtning “Avesto”dagi Asha alqovidan joy olgan quyidagi so‘zlarni yaqqol ko‘rish mumkin:


Download 113.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling