Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati. Reja
Xo‘sh, «axloq» iborasi nimani anglatadi?
Download 113.5 Kb.
|
“Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati.
Xo‘sh, «axloq» iborasi nimani anglatadi?
Modomiki, axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganar ekan, biz dastlab «axloq» iborasining mazmun va mohiyatini anglab olishimiz kerak. «Axloq» so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob’ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va hatti-harakatining keng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, keng qamrovli qismini axloq egallaydi Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli hatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. Xulq - oila, jamoa, mahalla-kuy miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy hatti-harakatlarning majmui. Axloq esa - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy hatti-harakatlar yig‘indisidir. Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o‘tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro‘parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O‘tiring, otaxon», deb joy bo‘shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo‘ladi: chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan» deb qo‘yadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o‘zini mudraganga solib, qariyaga joy bo‘shatmasa, g‘ashimiz keladi, ko‘nglimizda: «Buncha beodob, surbet degan tasavvurni uyg‘otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo‘shatgani yoki bo‘shatmagani oqibatida vagondagi yo‘lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi muhim o‘zgarish ro‘y bermaydi. Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo‘ni-qo‘shnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo‘lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko‘ngil, ochiq qo‘l, doimo o‘z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h.k. Unday odamni biz Xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo‘lsa, u qo‘ni-qo‘shnilar bilan qo‘pol muomala qilsa, tuy-ma’rakalarda janjal ko‘tarsa, sal gapga o‘dag‘aylab, musht o‘qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, ba’zi shaxslar jabr ko‘radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin hatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta’sir o‘tkazmaydi. Download 113.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling