Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati


Download 0.49 Mb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1411239
  1   2   3   4
Bog'liq
Falsafa 6-mavzu

Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati

MRDI 1-kurs sirtqi

ART-MENEJMENT

Bahtiyorov Abduvoris

Reja:

  • 1. Etikaning predmeti, vazifalari va jamiyat hayotidagi ahamiyati. 2. Gedonizm va evdemonizmtushunchalarining axloqiy ahamiyati. 3. Qadimgi dunyo axloqshunosligi

Axloqshunoslik — bu axloq nazariyasi bo‘lib, kishilarning axloqiy hayotini o‘rganadigan, axloqiy hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradigan eng qadimgi insonshunoslik fanlaridan biridir. U o‘z predmetini ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas aloqadorlikda tadqiq etar ekan, faqat axloqning paydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini, funkstiyalarini aniqlash bilangina cheklanib qolmay, balki ayni paytda axloqning ijtimoiy mohiyatini, kishilarning yurish turishini, axloqan tartibga solish qonunlarini va u orqali ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Axloqshunoslik mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar, filosofiyaning tarkibiy qismi, hattoki, uning yadrosi hisoblanar edi. Faylasuflar dunyoqarash muammolari (insonni o‘rab olgan olam, odamning shu olamdagi o‘rni), dunyoni bilish yo‘llariga javob berish jarayonida ular jamiyatda odam qanday yashamog‘i va faoliyati qanday bo‘lmog‘i kerak, uning ijtimoiy burchi, vazifasi nimadan iborat bo‘lishi kerak, insonning turmush kechirish normalari va boshqa shu kabi savollarga ham javob topishga uringanlar. Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Bu fanni Yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo‘lgan.

  • Axloqshunoslik — bu axloq nazariyasi bo‘lib, kishilarning axloqiy hayotini o‘rganadigan, axloqiy hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradigan eng qadimgi insonshunoslik fanlaridan biridir. U o‘z predmetini ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas aloqadorlikda tadqiq etar ekan, faqat axloqning paydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini, funkstiyalarini aniqlash bilangina cheklanib qolmay, balki ayni paytda axloqning ijtimoiy mohiyatini, kishilarning yurish turishini, axloqan tartibga solish qonunlarini va u orqali ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Axloqshunoslik mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar, filosofiyaning tarkibiy qismi, hattoki, uning yadrosi hisoblanar edi. Faylasuflar dunyoqarash muammolari (insonni o‘rab olgan olam, odamning shu olamdagi o‘rni), dunyoni bilish yo‘llariga javob berish jarayonida ular jamiyatda odam qanday yashamog‘i va faoliyati qanday bo‘lmog‘i kerak, uning ijtimoiy burchi, vazifasi nimadan iborat bo‘lishi kerak, insonning turmush kechirish normalari va boshqa shu kabi savollarga ham javob topishga uringanlar. Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Bu fanni Yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo‘lgan.

Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo‘ni-qo‘shnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo‘lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko‘ngil, ochiq qo‘l, doimo o‘z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h.k. Unday odamni biz Xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo‘lsa, u qo‘ni-qo‘shnilar bilan qo‘pol muomala qilsa, tuy-ma’rakalarda janjal ko‘tarsa, sal gapga o‘dag‘aylab, musht o‘qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, ba’zi shaxslar jabr ko‘radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin hatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta’sir o‘tkazmaydi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling