Etika va Estetika fanlarining predmeti va vazifalari Reja: “Etika” fanining predmeti, muammolari va vazifalari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/42
Sana22.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1043336
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
Etika -estetika fanlarining predmeti (1)

Tinchlikparvarlik. Bu axloqiy tamoyil ham insoniyat hayotida muhim 
ahamiyatga ega. Chunonchi, tinchlikparvarlik urushning, qon to‘kishning har qanday 
ko‘rinishini inkor etadi, oddiy tinchliksevar shaxsning tinch-totuv yashashga bo‘lgan 
ijobiy munosabati bilangina chegaralanib qolmaydi, balki dushmanlik va tajovuzkorlikka 
qarshi kurashni, zarba berishni taqozo etadi. Unda tinchlik haqida chiroyli gaplar aytish, 
yig‘inlarda ma’ruzalar qilish emas, balki faol xatti-harakat, uyushtiruvchilik, 
tashkilotchilik birinchi darajali zaruriy faoliyat hisoblanadi.
Tinchlikparvarlar fidoyi insonlardir. Ularning ana shu fidoyilarcha xatti-
harakatlari pirovard natijada har bir inson hayotiga takrorlanmas noyob qadriyat sifatida 
qarashga, har bir fuqaro qadrini, har bir davlat suverenitetini, har bir millatning o‘z hayot 
tarziga monand yashash huquqini muqaddas deb tan olinishiga olib keladi, mamlakatlararo 
jamoat tartibini saqlashga, avlodlar ravnaqiga, tarixiy-madaniy hamkorlikka, millatlar va 
turli ijtimoiy guruhlar orasida o‘zaro tushunishning qaror topishiga xizmat qiladi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, ba’zi ulug‘davlatchilik va buyukmillatchilik ruhi 
hukmron bo‘lgan jamiyatlarda tinchlikparvarlar quvg‘in qilinadilar, turmalarga 
tashlanadilar. Lekin ular o‘z tamoyillaridan hech qachon qaytmaydilar. Ular insoniyatni 
barcha bahsli masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiradilar, Er yuzida tinchlik 
o‘rnatish uchun tinimsiz kurash olib boradilar. SHunday tinchlikparvar buyuk siymolardan 
biri sifatida zamondoshimiz, ulug‘ ingliz faylasufi, Nobel mukofoti sov-rindori Bertran 
Rassel (1812 - 1970) shaxsini misol qilib keltirishimiz mumkin. O‘ttiz olti yoshida Qirollik 
Jamiyatiga a’zo bo‘la olgan, har jihatdan jamiyatda obro‘ga ega faylasuf tinchlikparvarlik 
faoliyati uchun ikki bora (dastlab Birinchi jahon urushi paytida, ikkinchi marta - 
AQSHning Vetnamdagi bosqiniga qarshi kurash olib borganida) ingliz ma’muriyati 
tomonidan turmaga tashlandi. Lekin «insonparvarlik va hurfikrlilik havoriysi» (Rassel 
Nobel mukofoti bilan birga shunday faxrli nomni ham olgan edi) umrining so‘nggigacha 
tinchlikparvarlik tamoyilidan chekinmadi. 



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling