Etika va Estetika fanlarining predmeti va vazifalari Reja: “Etika” fanining predmeti, muammolari va vazifalari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/42
Sana22.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1043336
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
Etika -estetika fanlarining predmeti (1)

Millatparvarlik. YAna bir muhim axloqiy tamoyil, bu -millatparvarlik. U, 
ma’lum ma’noda, vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zero, 
millatni sevish keng ma’noda Vatanni sevish degani. Vatansiz millatning bo‘lishi yoki 
rasmana erkin va baxtli yashashi mumkin emas. 
Shu o‘rinda millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtirib yubormaslik lozim. 
Millatchilik o‘z millatini ajratib olib, unga buyuklik maqomini berishga intilish bo‘lsa, 
millatparvarlik, boshqalarni kamsitmagan holda, o‘z millati ravnaqi uchun kurashish, bu 
10 Думбадзе Н. Hellados. Низом Комил таржимаси. «Тафаккур» журнали, 1995, 3 – 4-сонлар. 


yo‘lda, lozim bo‘lsa, o‘z hayotini ham fido qilish demakdir. U insonparvarlik bilan ham 
chambarchas bog‘liq. Chunki o‘z millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon 
boshqa millatlarni seva olmaydi. 
Asl millatparvar - milliy o‘zligini anglab etgan inson. U o‘z millati bilan 
faxrlanadi, o‘z millati bilan butun jahonning faxrlanishini istaydi. Chunonchi, Navoiy 
do‘ppi bilan to‘n kiygan o‘zbekni har qanday shoh jamolidan afzal ko‘radi: 
Shohu toju xil’atekim, men tomosho qilg‘ali 
O‘zbakim boshida qalpoq, egnida shirdog‘i bas.11 
Lekin Navoiy shu faxrlanishi, g‘ururlanishi barobarida o‘zgalarga kibr bilan 
qaragan emas, aksincha, o‘zga til vakili bo‘lmish Jomiyga bag‘oyat hurmat-izzat ko‘rsatib, 
unga, pirim, deb qo‘l bergan. 
Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g‘oya yotadi, u millatni sevish 
amaliyotining - millatparvarlikning ilmiy-nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi. Uning 
ikkinchi jihati esa mana bunday talqin etiladi: «Milliy g‘oya birinchi navbatda yosh 
avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat yo‘lida tarbiyalash, ularning qalbiga 
insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda 
madadkor bo‘lishi zarur».
Asl millatparvar ana shunday bo‘lishi kerak. Asl millatparvar insonlarning umri 
millatning umri kabi mangudir. Millat yo‘lida o‘z jonini tikkan Munavvar qori, Behbudiy, 
Fitrat, Abdulla Qodiriy, CHo‘lpon singari minglab fidoyilarni xalqimiz hech qachon 
unutmaydi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling