Etika va Estetika fanlarining predmeti va vazifalari Reja: “Etika” fanining predmeti, muammolari va vazifalari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/42
Sana22.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1043336
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
Etika -estetika fanlarining predmeti (1)

Qadr-qimmat. Qadr-qimmat tushunchasi inson o‘z qadrini, bu dunyoda uning 
hayoti oliy qadriyat ekanligi, o‘z shaxsi oldida o‘zi ma’sul ekanligini anglash uchun xizmat 
qiladigan hissiyot. U nomus, g‘urur tushunchalari bilan bog‘liq, bir tomondan insonning 
o‘z qadrini har qanday holatda ham erga urmasligini taqozo etadi. Masalan, iste’dodli, 
vijdonli, ziyoli odam biror bir shaxsiy ishini hal qilishi uchun nokas boyvachchaga yoki 
to‘pos rahbarga yalinsa, garchand o‘z maqsadiga etsa ham, bu o‘zi tomonidan o‘z qadrini 
erga urishdir. Pirovard natijada o‘zini kamsitilgan xis qiladi, bundan afsus bilan yashaydi. 
Qadr-qimmatning yana bir jixati – insonning boshqalar yoki jamiyat tomonidan 
kamsitilishi bilan bog‘liq. Bunda kishining hayotida egallagan haqiqiy o‘rinni atayin tan 
olmaslik, boshqa birov, guruh yoki jamiyat tomonidan ko‘ra - bila turib, uni chetga surib 
qo‘yish va shu orqali uni iztirobga sloshi kabi usullarni qo‘llashdir. Bunday usullar 
ma’naviy saviyasi past odamlar orqali, qonunlari ishlamaydigan totalitar va avtoritar 


boshqaruv hukumronlik qilgan jamiyatda ro‘y beradi. Bunga misol tarzida Abdulla 
Qodiriy, CHo‘lpon kabi buyuk siymolarning qamashga, otishga hukm etilishini yoki 
iste’dodli ziyolilarga atayn unvonlar bermaslik, iloji boricha ular nomini xalqqa 
etkazmaslikka harakat qilish hollarini keltirishimiz mumkin. Faqat bugina emas, SHo‘rolar 
tuzumida «sovet xalqi» deb atalgan millionlab fuqarolarning qadr-qimmati oyoq osti 
qilindi: ular ochlikka, suriznlarga, konsentratsion lagerlar azoblariga mahkum etildilar
qiynoqlarga solindilar. Bularning hammasi faqat iqtisodiy qiyinchiliklar oqibati emasi, 
balki mustabid tuzum tomonidan inson g‘ururini oyoqosti qilib, uni qo‘rqoq, bo‘ysunuvchi 
jonzotga aylantirish uchun olib borilgan mash’um siyosat edi. Chunki g‘ururini yo‘qotgan 
kishida qadr-qimmat hissi o‘ladi, u haqiqat , adolat va insoniy huquqlar tantanasi uchun 
kurashdan o‘zini olib qochadi. Zotan qadr-qimmat insoniy g‘ururning jamiyatdagi 
ijtimoiy-axloqiy munosabatlarda in’ikos etish shaklidir. 
Lekin g‘urur me’yorida bo‘lishi kerak, ya’ni kishining asl qadr-qimmatiga mos 
kelishi lozim. G‘ururdagi me’yorning buzilishi kishini kibrga olib keladi: u o‘zining va 
boshqalarning qadr-qimmati to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lgani uchun 
kibrlanadi, manmanlikka beriladi. Kibrli kishi o‘zini zo‘r deb biladi. Bu shunchaki ro‘y 
bermaydi. Aslida u o‘z qadr-qimmatining boshqalarnikidan past ekanligi tufayli, uni sun’iy 
ko‘tarishga harakat qiladi, ma’naviy bo‘shliqni boshqalarga past nazar bilan qarash orqali 
to‘ldirishga intiladi, bu yo‘lda yolg‘on va maqtanchoqlikdan toymaydi. Pirovard natijasida 
u atrofdagilardan ajratib qoladi, o‘zgalarning nafratiga sozovor bo‘ladi., asl o‘zligini 
topolmagan axloqsiz kimsaga aylanadi. SHu bois doimo insonning «o‘z o‘rnini»- qadr – 
qimmatini real bilishi, o‘zgalargagina emas, birinchi navbatda o‘ziga baho bera olishi 
muhimdir. Xullas, qadr-qimmat – insonning o‘zi, o‘zgalar va jamiyat tomonidan oliy 
qadriyat sifatida e’tirof etilishi, uning ma’naviy huquqlarining tan olinishidir. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling