Etika va Estetika fanlarining predmeti va vazifalari Reja: “Etika” fanining predmeti, muammolari va vazifalari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/42
Sana22.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1043336
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
Etika -estetika fanlarining predmeti (1)

Erkparvarlik. Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq-
huquqlari himoyasida tursa, ya’ni ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo‘lsa, 
erkparvarlik tamoyili uning ma’lum ma’noda muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi. 
Erkparvarlik insonning eng oliy huquqi - erkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan 
muhimdir. Zero, erksiz inson - asir, erksiz millat - qul, erksiz mamlakat - mustamlaka. 
9 Достоевский Ф.М. Собрание сочинений в 15 т. Т. 9, ч. I – III. А., Наука, 1991. С. 394. 


Erkparvarlik, avvalo, o‘z millati, o‘z Vatani erki uchun, qolaversa, boshqa millatlar va 
vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi qilib qo‘ygan insonlar tamoyilidir. 
Erkparvar inson qullikning, mutelikning har qanday ko‘rinishini inkor etishi 
barobarida inson huquqlarining tom ma’nodagi jangchisiga ham aylanadi. Bu jangchi bir 
tomondan, har bir shaxsning so‘z erkinligi, o‘z fikrini erkin bayon qilishi, saylash huquqi, 
vijdon erkinligi uchun kurashadi, ikkinchi tomondan, butun-butun millatlar erki masalasini 
o‘rtaga tashlar ekan, ma’lum ma’noda milliy ozodlik harakatlari uchun ham turtki beradi. 
Odatda, erkparvar shaxslar muayyan davrning qahramonlariga aylanadilar. Zero, 
ular o‘zgalar erki uchun o‘z erkini, o‘z hayotini qurbon qilishdan ham cho‘chimaydilar.
Darhaqiqat, erkparvarlik tamoyilini hayotining ma’nosi deb bilgan insonlarning 
ma’naviy umri boqiy, ular kelajak avlodlar uchun ideal bo‘lib qoladilar.
Ayni paytda, bu tamoyil keng ijtimoiy-siyosiy ma’noda ham qo‘llaniladi. Buni 
erkparvar davlatlar faoliyatida ko‘rish mumkin. Shuni ham aytish kerakki, erkparvarlik 
tamoyilidan bir oz bo‘lsada, o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga, shu orqali siyosiy obro‘ 
olishga intilish hollari, afsuski, uchrab turadi. Ba’zi davlatlar tomonidan o‘zga mamlakatlar 
ichki ishlariga aralashish uchun erkparvarlikni niqob qilib ish ko‘rishga urinishlar ham 
yo‘q emas. Biroq bunday siyosiy qallobliklar jahon jamoatchiligi tomonidan darhol ilg‘ab 
olinadi va fosh etiladi. Zero, erkparvarlik eng avvalo shaffoflik darajasidagi poklikni
halollikni talab qiladi, ozginagina dog‘ni ham ko‘tara olmaydi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling