Etika va Estetika fanlarining predmeti va vazifalari Reja: “Etika” fanining predmeti, muammolari va vazifalari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/42
Sana22.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1043336
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
Bog'liq
Etika -estetika fanlarining predmeti (1)

Axloqiy me’yorlar 
Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga 
nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik hayotimizda 
ma’lumaxloqshunoslik tushunchalarini va axloqiy tamoyillarning amalga oshish 


murvatlari ham de-yish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy, lekin keng tarqalgan 
shakli sifatida ro‘yobga chiqadi. Halollik, rostgo‘ylik, hayolilik, insoflilik, 
xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik singari me’yorlar ayniqsa diqqatga sazovor. 
Halollik. Halollik vijdon, adolat va burch kabi axloqshunoslik mezoniy 
tushunchalari bilan bog‘liq, insoning o‘zgacha munosabati o‘zicha munosabatidek sof, 
pokiza bo‘lishini talab qilidigan axloqiy me’yordir. Dastavval u diniy tushuncha sifatida 
vujudga kelib, har bir musulmonning emak-ichmagi, jinsiy va iqtisodiy xatti-harakatlari 
sifatini belgilab beruvchi shar’iy me’yor bo‘lib amal qilgan,uning ziddi-harom diniy nuqtai 
– nazardan salbiy hisoblangan xatti - harakatlarga nisbatan qo‘llanilgan. M., bismil 
qilingan hayvon yo parranda go‘shti - halol, o‘laksa go‘shti - harom, nikohdagi jinsiy aloqa 
- halol, zino - harom, mehnat haqi - halol, o‘g‘rilik bilan topilgan mol - harom v.h. 
Ko‘rib o‘tganimizdek, har bir diniy e’tiqodning aslsida axloqiylik yotadi va u 
ko‘p hollarda ibodatdan baland qo‘yilgan: solih bandalar, «Qur’on»da aytilganide, eng 
avvalo go‘zal axloq egalaridir. SHu boisdan keyinchalik halollik nisbatan tor shar’iy 
qobiqdan chiqib, asta-sekinlik bilan shaxs hayotidagi eng qamrovli axloqiy me’yorga 
aylandi, teran ma’naviylik kasb etgani holda, kundalik hayotdagi insoniylikni 
belgilaydigan umuminsoniy fazilat bo‘lib qoldi. M., hozirgi kunda ixtisoslashgan mehnat 
taqsimotining takomillashuvi, ilm-fan taraqqiyotining yuksalishi natijasida biz kasbiy 
halollik ilmiy halollik, iqtisodiy halollik v.b. haqida gapirishimiz mumkin. 
Insoniyat jamiyatida haromlik yoxud nopoklikning halollikka nisbatan kam 
uchramasligi doimo axloqshunosliklar tashvishga solib kelgan. Chunonchi, imom 
G‘azzoliyning harom eyish haqida to‘xtalib, mana bunday deyishi bejiz emas: 
«… Xohi zulm bilan olingan bo‘lsin (kuch ishlatib, xoinona undirish va 
bosqinchilik-o‘g‘rilik yo‘llari bilan olish); xoh zavq va o‘yin yo‘li bilan olinsin (qimor va 
shunga o‘xshash narsalar bilan bo‘lganiday); xoh hiyla va nayrang yo‘llari bilan olinsin 
(tovlamachilik va aldamchilik, tarozidan urish kabi); o‘z moli va boyligini harom ishlarga 
(ichkilikbozlik, qimor, fohishabozlik) xarjlashi - hammasi harom eyishga kiradi»12. 
Afsuski, G‘azzoliy sanab o‘tgan holatlarni atrofimizda ko‘p ko‘ramiz. Chunki 
nopok yo‘l tutish oson, lekin halollikka erishish qiyin. Buning sababi shundaki. 
halollikning mavjudligi fidoiylik axloqiy tamoyili va rostgo‘ylik axloqiy me’yori bilan 
shartlanadi; doimo halollik qilish yoki halol yashashi uchun kishi albatta nimalardandir 
kechishi, kimlargadir qarshi borishi, faqat rost gapirishi, so‘z bilan ish birligiga erishishi 
kerak. Shu bois halol inson jamoatchilik o‘rtasida obro‘ga ega, hurmatga sazovor bo‘ladi. 
Qaysi jamiyatda halol fuqarolar ko‘paysa, o‘sha erda baxt va farovonlik hukum suradi.
Halollika birinchi bo‘lib to‘xtalishimizning sababi shundaki, mustamlakachilik 
davrida, ayniqsa, sho‘rolar hukmronlik qilgan chorakam bir asr vaqt mobaynida yolg‘on, 
aldov, nopoklik, haromxo‘r-lik, munofiqlik singari illatlar xalqimizga shu qadar ustalik 
bilan singdirildiki, hozirgi paytda ko‘pchilik odamlar halollik, rostgo‘ylik ustidan hatto 
kuladigan bo‘lib qolganlar. So‘z bilan ish birligi yo‘qolgan, qog‘ozdagi chiroyli gaplar 
hayotga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin bularning hammasi, afsuski, odatiy holdek qabul qilinadi. 
SHu bois mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq bu illatlarga qarshi kurash boshlandi. 
Hozirgi kunda davlatimiz milliy-ma’naviy qadriyatlarni tiklashni, odamlarni halol, insofli, 
adolatli bo‘lishga chaqirishni o‘z ichki siyosatining muhim qismi deb bilgan holda ish 
12 Ђаззолий Абу Ќомид. Мукошафат ул-қулуб. Т., Адолат, 2002, 336-б. 


tutmoqda. Zero, ko‘z o‘ngimizda nopoklik yolg‘on, aldov, ikkiyuzlamachilik nimaligini 
deyarli bilmaydigan jamiyatlar, millatlar gullab-yashnamoqda. YAponiya, Olmoniya, 
Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya singari mamlakatlar shular jumlasidan. SHu o‘rinda 
quyidagi misolni keltirib o‘tish maqsadga muvofiq. 
Falsafa jamiyati a’zolari bilan muloqot-uchrashuvga kelgan bir taniqli olim va 
jamoat arbobi qiziq voqeani so‘zlab bergan edi. Olimning hikoya qilishicha, Finlyan-
diyada u bilan birga Rossiya Jamoat televideniesi xodimini o‘z mashinasida olib yurgan 
fin fuqarosi yonilg‘i qu-yish nuqtalaridan birida to‘xtab, sakson litr benzin oladi va borib 
egasiga shuncha benzin olganini aytib, haqini to‘laydi. Uning qancha yonilg‘i quyib 
olganini kuzatishni xayoliga ham keltirmagan benzokolonka xo‘jayini pulni olib, ishini 
davom ettiraveradi. Mashina yo‘lga tushganda, sobiq SHo‘rolar Ittifoqi hududidan kelgan 
mehmonlar hayratlanib so‘rashadi: «Nega xo‘jayin sizni benzin quyayotganingizda 
kuzatib turmadi?» U esa tushunmay elkasini qisadi: «Nimaga kuzatib turishi kerak?» 
Mehmonlar tushuntirishmoqchi bo‘lishadi: «Axir, siz sakson litrga haq to‘lab, yuz litr 
benzin quyib olishingiz mumkin edi-ku!» U yana hayron qoladi: «Nega yuz litr olishim 
kerak ekan, menga faqat sakson litr zarur!». Mehmonlar yana tushuntirishga harakat 
qilishadi: «Siz kam pul to‘lab, ko‘p benzin olishingiz mumkin edi, nega unday 
qilmadingiz?» Mezbon esa yana elka qisadi: «Nega men kam pul to‘lashim kerak - sakson 
litr zarur edi, sakson litr oldim, tavba, buning nimasi tushunarsiz?!», deydi. Xullas, ikki 
birday kishi harom yo‘l bilan ortiqcha benzin quyib olish mumkinligini Finlyandiya 
fuqarosiga tushuntira olmaydilar; harom va yolg‘on nimaligini bilmaydigan mezbon bular 
meni kalaka qilyapti degan xayolga borib, asabiylasha boshlaganidan keyingina 
mehmonlar gapni boshqa yoqqa buradilar. 
Qanchalik achchiq bo‘lmasin, bu - bor gap, haqiqat. hozirda halol, rostgo‘y, 
insofli, fidoyi insonlardan iborat bo‘lgan fuqarolar jamiyatini qurish - faqat axloqiy 
muammo emas, balki kelajagi buyuk davlatimizning mohiyatini anglatuvchi ijtimoiy-
siyosiy yangilanishdir. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling