Etika va Estetika fanlarining predmeti va vazifalari Reja: “Etika” fanining predmeti, muammolari va vazifalari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/42
Sana22.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1043336
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
Etika -estetika fanlarining predmeti (1)

Estetik baho. Qadriyat shaxs, millat, jamiyat tomonidan qadrlanadigan ma’naviy-
moddiy ob’ektlardir. Har qanday qadriyat yoki qadriyat darajasiga ko‘tarilgan har bir 
ob’ekt inson tomonidan baholanmay qolmaydi. Qadriyatlar sohaviylik tabiatiga ega 
(axloqiy, estetik, diniy va h.k.) bo‘lishi barobarida darajalarga bo‘linishi bilan ham ajralib 
turadi.
Bir yoki bir necha estetik xususiyatni o‘zida jam qilgan qadriyatni biz estetik qadriyat 
deymiz. Estetik qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaydi. Go‘zallik, 
ulug‘vorlik, Registon me’morlik majmui, «Shashmaqom», Navoiyning «Xamsa»si, 
Rafaelning rang tasviri, Shekspir asarlari – bular hammasi estetik qadriyatlardir. Biz ular 
haqida fikr yuritar ekanmiz, odatda «bebaho» degan so‘zni ishlatamiz, bu bilan biz ularning 
qadri nihoyatda balandligini, oddiy-kundalik baholash mezonlaridan yuksak turishini 
ta’kidlaymiz. Estetik qadriyatlar sof ma’naviylik, ya’ni itellektual-hissiy jihati bilan birga, 
ma’naviylik va moddiylikning omuxtasi sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, go‘zallik, 
ulug‘vorlik singari sof ma’naviylik xususiyatiga ega mavhum hodisalarni ma’naviy estetik 
qadriyatlar desak, konkret estetik ob’ekt bo‘lmish Registon me’moriy majmuini moddiy 
estetik qadriyatlar sirasiga kiritishimiz mumkin. Ulardagi moddiylikning estetik xususiyati 
ma’naviylikni namoyon etishi bilan belgilanadi. 
Barcha moddiy estetik qadriyatlar tarix, jamiyat va shaxs tomonidan mulk sifatida 
qabul qilinib, ularga ikki xil munosabat ko‘rsatiladi. Birinchisi – moddiy buyum, tovar 
sifatidagi, ikkinchisi esa, qadriyat tarzidagi munosabat. Natijada ularning qiymati mulk, 
tovar sifatida ham narx, ham baho bilan belgilanadi. Masalan, Navoiyning «Xamsa»siga 
bo‘lgan ma’naviy-estetik munosabat, uni kitob, ya’ni tovar shaklida xarid qilinishiga olib 
keladi. «Xamsa» kitob-tovar tarzida, boshqa qadriyat darajasiga ko‘tarila olmagan kitoblar 
bilan bir xilda narxlangani holda ayni paytda ma’naviy boylik –estetik qadriyat sifatida 
baholanadi. Ya’ni, har bir mulkning qiymati iqtisodiy-moliyaviy birlik – pul bilan 
narxlanadi, estetik qadriyatlar esa ma’naviy-ruhiy ta’siri darajasiga qarab baholanadi.
Ma’lumki, har bir mulk foydalilik xususiyatiga ega. Foydalilik esa ikki xil bo‘ladi – 
moddiy-iqtisodiy va ma’naviy-ruhiy. Qadriyat darajasiga ko‘tarilmagan narsa-


hodisalarning foydaliligi kundalik iqtisodiy ehtiyojlarni qondiradi. Qadriyatlar uzoq 
muddatli ma’naviy-ruhiy ta’sirga ega bo‘ladi. Lekin, shuni ham aytish kerakki, estetik 
qadriyatlar, ko‘pincha muayyan davr uchun kundalik iqtisodiy foydalilik xususiyatiga ega 
bo‘lgani holda, keyinchalik ma’naviy foydalilik xususiyatini kasb etadi. Masalan, XIX 
asrda buxorolik misgarlar ishlagan qumg‘onlar to XX asrning ikkinchi yarimigacha oddiy 
oilaviy hayotda qo‘llaniladigan kundalik turmush buyumlari edi. Hozir esa ular xalq amaliy 
san’atining namunalari – estetik qadriyat sifatida muzeylardan joy olgan. Endi ular 
santexnika jihozlari olamida yo‘q, faqat ma’naviy-ruhiy foyda keltiradilar, xolos. Demak, 
bu erda insonga zarur, kerakli narsa endi inson uchun qadrli narsaga aylandi. 
Alohida ta’kidlash kerakki, umuman qadriyatlar, xususan estetik qadriyatlar doimo 
ijobiy hodisalardir, nimaiki qadriyat ekan, hech qachon uning salbiy xususiyatiga ega 
bo‘lishi mumkin emas. 
Shunday qilib, biz estetik qadriyatlar o‘zi nima ekaniga, ular nima uchun qadriyat 
sifatida baholanishiga to‘xtaldik. Endi ularni baholash qanday yuz beradi, estetik baholash 
o‘zi nima degan savollarga javob qidirib ko‘ramiz.
Qadriyat va baho, yuzaki qaraganda, mohiyatan bir xil bo‘lishi kerakdek tuyuladi. 
Aslida ular orasida o‘ziga xos farq mavjud. To‘g‘ri, estetik qadriyat ob’ektning sub’ektga 
munosabatini anglatadi, ob’ekt, odatda, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Lekin bu – 
muayyan go‘zallik yoki ulug‘vorlik hamma uchun ham, hamma vaqt ham bir xildagi 
go‘zallik va ulug‘vorlik bo‘lib qolaveradi, degani emas. Chunki estetik baho sub’ektning 
ob’ektga munosabati, u ob’ektning qadriyatini belgilaydigan xususiy mezon, bu xususiylik 
shaxsga, jamiyatga va zamonga tegishlidir. SHu jihatdan bir ob’ekt-qadriyat har xil 
baholanishi va hatto muayyan vaqt mobaynida baholanmasligi mumkin. Shunday qilib, 
estetik baho shunday ma’naviy hodisaki, garchand qadriyat yaratmasa ham, qadriyatni
idrok etish faqat u orqali amalga oshadi.
Estetik bahoning yana bir muhim xususiyati shundaki, u estetik anglash tuzilmasi 
ichidagi eng qamrovli, eng miqyosli ta’sirga ega. U ma’lum ma’noda estetik anglashning 
deyarli barcha unsurlari uchun mezon vazifasini o‘taydi. Chunonchi, estetik hissiyot, 
estetik did va estetik idealda buni yaqqol ko‘rish mumkin. Ayniqsa, u estetik did bilan 
chambarchas bog‘liq. Endi ana shu estetik did masalasini ko‘rib chiqamiz.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling