Etika va Estetika fanlarining predmeti va vazifalari Reja: “Etika” fanining predmeti, muammolari va vazifalari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/42
Sana22.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1043336
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Bog'liq
Etika -estetika fanlarining predmeti (1)

Estetik ehtiyoj. Estetik anglash va shu asosdagi faoliyat jarayonining ibtidosi estetik 
ehtiyojga borib taqaladi. Estetik ehtiyoj inson hayotida ro‘y beradigan barcha estetik 
hodisalarning asosi sifatida ham tabiiy-biologik, ham ijtimoiy-ma’naviy mohiyatga ega; 
«go‘zal nafs», nafosatga tashnalik, insonda estetik hissiyotni qo‘zg‘atish xususiyatini 
saqlab qolgan holda, keyinchalik uning butun umri mobaynida takomillashib boradi estetik 
muhokama, estetik baho, estetik did va estetik idealning shakllanishiga xizmat qiladi. Har 
bir shaxsdagi madaniyatlilik darajasi, ma’naviy salohiyati uning estetik ehtiyoji doirasi 
bilan o‘lchanadi. U «go‘zal nafs» sifatida boshqa ehtiyojdan talab etilayotgan ob’ektdan 
moddiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa manfaatlar kutmasligi, beg‘arazligi bilan 
ajralib turadi. Estetik ehtiyoj estetik hissiyot bilan uzviy, dialektik bog‘liq; estetik ehtiyoj 
ko‘pincha estetik hissiyotni uyg‘otsa, ba’zan estetik hissiyot estetik ehtiyojni vujudga 
keltiradi. Masalan, siz «Mirzo Ulug‘bek» spektaklini ko‘rish xohishi – estetik ehtiyoj 
tufayli teatrga bordingiz; spektakl mobaynida sizda estetik hissiyot-hayratlanish, 
zavqlanish, quvonish v.b. tuyg‘ular qo‘zg‘aldi. Spektakldan keyin esa u haqda mulohaza 
yuritishga, undagi ijobiy va salbiy qiyofalarni baholashga, qolaversa, yaqin kishilarga 
spektakl mazmunini o‘z estetik nuqtai nazaringizdan so‘zlab berishga yoki Mirzo Ulug‘bek 
suratini chizishga, unga atab she’r yozishga yoki u haqida insho yozishga ehtiyoj sezasiz. 
Demak, estetik ehtiyoj hissiyotni uyg‘otsa, hissiyot yana estetik ehtiyojni, muayyan estetik 
hodisani o‘zgacha badiiy-estetik talqin qilish, unga ijodiy yondashish ehtiyojini tug‘diradi. 
Zero, J.Lokk aytganidek, «nimaiki tushunchada bor ekan, u bundan avval hissiyotda 
mavjud edi; agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi uzatilmas ekan, u holda tafakkur 
uchun hech qanday material berilmagan bo‘ladi». Demak, estetik anglash avvalo estetik 
hissiyot bo‘lishini taqozo etadi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling